PQ-1119-son Qaror · 02.06.2009

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1119
  • Qabul qilingan sana:02.06.2009
  • Kuchga kirgan sana:15.07.2009
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 6

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining fan va oʻquv muassasalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi tugatilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2499-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 86-modda)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-sonli qarorining 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 2-iyun,

PQ-1119-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.