PQ-1198-son Qaror · 30.09.2009

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 5-avgustdagi PQ-1169-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1198
  • Qabul qilingan sana:30.09.2009
  • Kuchga kirgan sana:01.10.2009
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 40

Tayyor toʻqimachilik mahsuloti ishlab chiqarayotgan mahalliy korxonalarning yanada barqaror rivojlanishini taʼminlash, xalqaro amaliyotda umumeʼtirof etilgan bojxona-tarif jihatdan boshqarish usullarini qoʻllash asosida ushbu mahsulotning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 5-avgustdagi PQ–1169-son qarorining 2-son ilovasiga ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

2. Belgilansinki, kiritilayotgan oʻzgartishlar 2009-yilning 1-oktabridan boshlab kuchga kiradi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 30-sentabr,

PQ-1198-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.