PQ-1194-son Qaror · 22.09.2009

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1194
  • Qabul qilingan sana:22.09.2009
  • Kuchga kirgan sana:22.09.2009
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 39

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida iqtisodiy, savdo va texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida 2008-yil 17-martdagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida 2009-yil 11-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan Protokol tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 22-sentabr,

PQ-1194-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.