PF-3078-son Farmon · 29.05.2002

“Isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini olib kelish va olib chiqib ketishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 25-dekabrdagi PF-2160-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3078
  • Qabul qilingan sana:29.05.2002
  • Kuchga kirgan sana:29.05.2002
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 4-5

Import operatsiyalarini bojxona-tarif yoʻli bilan tartibga solish chora-tadbirlari tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish maqsadida:

1. “Isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini olib kelish va olib chiqib ketishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 25-dekabrdagi PF-2160-son Farmonining 1-bandi va ilovasi 2002-yilning 1-iyulidan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda import boj poshlinalarining amaldagi stavkalarini tanqidiy tahlil etib, ularni bir xil qilish va import operatsiyalarini bojxona-tarif yoʻli bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.

3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2002-yil 29-may,

PF-3078-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.