Bank faoliyatini boshqarish mexanizmini takomillashtirish maqsadida, shuningdek Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan erishilgan ahdlashuvlarga muvofiq:
1. “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-son Farmoni 7-bandining uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-iyun,
PF-3092-son