Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishni taʼminlash irrigatsiya-melioratsiya kompleksidan foydalanish samaradorligin oshirish, shuningdek Islom taraqqiyot banki, Quvayt arab iqtisodi taraqqiyot jamgʻarmasi va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi bila hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish uchun:
Islom taraqqiyot banki (ITB) bilan besh yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 17 yil boʻlgan, 52,65 mln. AQSh dollariga teng miqdorda moliyaviy mablagʻlarni berish toʻgʻrisida Istisno Shartnomasi va Agentlik bitimi imzolandi;
OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi bilan besh yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 20 yil boʻlgan, 12,72 mln. AQSh dollariga teng miqdorda qarz berish toʻgʻrisida qarz bitimi imzolandi;
Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi (QAITJ) olti yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 21 yil boʻlgan, 4,34 mln. quvayt dinori (ekvivalenti 15,62 mln. AQSh dollariga teng) miqdorida Oʻzbekiston Respublikasiga qarz berilishini maʼqulladi;
Oʻzbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishdagi ulushi 13,34 mln. AQSh dollari ekvivalentini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bajariladigan ishlar hajmi 5,22 mln. AQSh dollarini hamda “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash. Faza-2” loyihasi doirasida — 2,66 mln. AQSh dollari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari — 5,46 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyihani 2009 — 2014-yillar davri mobaynida amalga oshirish belgilab qoʻyilgan.
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi jalb etiladigan kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish hamda ushbu loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
KAITJ va OPEK Jamgʻarmasining qarzlari boʻyicha foizlar va komissiyalarni, qarzlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek ITB tomonidan ajratilayotgan moliyaviy mablagʻlarni, ustama narxni ham hisobga olgan holda qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻi hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan texnik-iqtisodiy asosi 1-ilovaga muvofiq;
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini qismlar, manbalar va yillar boʻyicha moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
ITBning moliyaviy mablagʻlarini qaytarish, KAITJ va OPEK Jamgʻarmasining qarzlari boʻyicha foizlar va komissiyalarni, qarzlarni toʻlash jadvali 3, 4 va 5 ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri KAITJ bilan tuzilgan Qarz bitimini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil etib tayinlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan ITB oʻrtasidagi Istisno Shartnomasi va Agentlik bitimi, Oʻzbekiston Respublikasi bilan KAITJ oʻrtasidagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bilan OPEK Jamgʻarmasi oʻrtasidagi qarz bitimlari boʻyicha yuridik xulosalarni bersin.
6. “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish uchun 6-ilovaga muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilsin.
Muvofiqlashtiruvchi kengash zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
loyiha doirasida alohida ustuvor loyihalarni sifatli tanlash, ekspertizadan oʻtkazish va oʻz vaqtida amalga oshirishga tayyorlash, ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar) xarid qilish boʻyicha tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash;
loyihaning amalga oshirilishini muntazam koʻrib borish va zarur hollarda ularning samarali hamda oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki hafta muddatda Toshkent shahrida loyihani boshqarish guruhi tuzilishini taʼminlasin, uning zimmasiga loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish vazifalari yuklansin, shuningdek Guliston va Jizzax shaharlarida loyihani amalga oshiruvchi ikkita guruh tashkil qilsin hamda ularning lavozimlar roʻyxatini va ular faoliyatini moliyalashtirishning har yilgi smetasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan albatta kelishib olsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimlari zimmasiga loyiha tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, shuningdek ITB, KAITJ va OPEK Jamgʻarmasi tartib-qoidalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarni oʻz vaqtida tayyorlash hamda taqdim etishni tashkil qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish Departamenti 2010-yildan boshlab, har yili investitsiya dasturlarini shakllantirishda mazkur loyihani amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ulushini moliyalashtirishni nazarda tutsin.
10. Loyihani amalga oshirish davrida mazkur loyiha doirasida ITB mablagʻlari, KAITJ va OPEK Jamgʻarmasi qarzlari hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻidan, maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlanadigan majburiy ajratmalardan ozod etilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi ushbu loyiha doirasida belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda loyiha va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish sifati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
14. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-oktabr,
PP 1215-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qaroriga 1-ILOVA
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
* Koʻrsatkichlarning yakuniy qiymati oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari, qurilish ishlarini batafsil rejalashtirish natijalariga koʻra, shuningdek, qarz mablagʻlari oʻzlashtirishning haqiqiy summasi va sanasiga qarab aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qaroriga 2-ILOVA
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini qismlar, manbalar va yillar boʻyicha moliyalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qaroriga 3-ILOVA
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini bajarish uchun ITB tomonidan taqdim etilgan moliyaviy mablagʻlarni qaytarish
* Sotish narxining haqiqiy summasi imtiyozli davr tugagach ITB moliyaviy mablagʻlaridan foydalanilgandan soʻng, tanlab olishning amaldagi sanasi va summasiga muvofiq aniqlanadi.
** Toʻlovlar summasi ustama narx boʻyicha LIBOR stavkasi oʻzgarishidan kelib chiqib aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qaroriga 4-ILOVA
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasi boʻyicha QAITJ qarzlarini soʻndirish
* QAITJ qarzi 4 340 000 quvayt dinorini (15 624, 0 ming AQSh dollari) tashkil qilib, bunga Bitim kuchga kirguncha Jamgʻarma tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini tuzish boʻyicha konsalting xizmatlari qiymatini qoplash uchun taqdim etilgan, qarz mablagʻlaridan foydalanish uchun birinchi buyurtmani olish sanasiga Qarz mablagʻlaridan foydalanilgan deb hisoblanishi kerak boʻlgan summa ham kiradi.
** Qarzni tanlab olish davri prognoz xarakterga ega boʻlib, Qarz shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
*** Toʻlovlar summasiga qarzning amalda oʻzlashtirilishiga qarab aniqlik kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qaroriga 5-ILOVA
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasi boʻyicha OPEK jamgʻarmasining qarzlarini soʻndirish, foizlar va komissiyalarni toʻlash
* Qarzni tanlab olish davri prognoz xarakterga ega boʻlib, Qarz shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
** Toʻlovlar summasi qarzning amalda oʻzlashtirilishiga qarab aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qaroriga 6-ILOVA
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash
Izoh: Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.