PQ-1211-son Qaror · 27.10.2009

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1211
  • Qabul qilingan sana:27.10.2009
  • Kuchga kirgan sana:27.10.2009
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 10

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza sohalaridagi asosiy vazifalarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatiga rahbarlik qilish samaradorligini oshirish va uni muvofiqlashtirish, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishni taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori – Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari lavozimlari tugatilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari lavozimi kiritilsin, uning zimmasiga quyidagilarga rahbarlik qilish vazifasi yuklansin:

Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti;

Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 4-yanvardagi PQ-1254-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 2-modda)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining lavozimlar roʻyxatiga mazkur Qarorga muvofiq oʻzgartishlar kiritsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati Boshqaruvchisi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 27-oktabr,

PQ-1211-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.