Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi idoralari xodimlarining klass darajalari va ularni berish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi Nizom Oliy Kengash tomonidan qabul qilingunga qadar sobiq SSSR prokuraturasi idoralarida amal qilib kelgan klass darajalari saqlab qolinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi idoralarining xodimlariga klass darajalarini, shu jumladan adliya katta maslahatchisi unvonini berish — Oʻzbekiston Respublikasining prokurori tomonidan, 3 klassdagi Davlat adliya maslahatchisi va undan yuqori unvonni berish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-aprel,
PF-386-son