PF-438-son Farmon · 08.07.1992

Ilm-fanni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-438
  • Qabul qilingan sana:08.07.1992
  • Kuchga kirgan sana:08.07.1992
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 9

Fan-texnika imkoniyatlarini kuchaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning dolzarb muammolarini hal etishda fanning ahamiyatini oshirish ham muhim tadqiqotlar va innovatsiya jarayonlari kengaytirilishini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

1. Ilmiy tadqiqot institutlarida va oliy oʻquv yurtlarida xoʻjalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari, shuningdek innovatsiya ishlari 1992 — 1995-yillarda qoʻshimcha qiymatdan soliq toʻlashdan ozod qilinsin.

2. Vazirlar Mahkamasi ilm-fanni rivojlantirishni va innovatsiya faoliyatini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash yuzasidan bir hafta muddat ichida qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 8-iyul,

PF-438-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.