Oʻzbekiston Respublikasining “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda 1992-yilning 1-iyulidan Turkiston harbiy okrugi boshqarmasi tarqatilganligi va oʻz faoliyatini toʻxtatganligi munosabati bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligiga aylantirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
PF-434-son