“Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Fargʻona shaharlarining tuman maʼmuriy-hududiy tuzilmalarini tugatish hamda Navoiy viloyatining Navoiy tumani chegaralarini kengaytirish va nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 12-dekabrdagi 569-II-son qaroriga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyati Navoiy shahri tarkibida Karmana tumanini tashkil etish toʻgʻrisida” 1999-yil 27-maydagi PF-2323-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 25-dekabr,
PF-3371-son