PF-1500-son Farmon · 24.07.1996

Respublikada bank auditi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1500
  • Qabul qilingan sana:24.07.1996
  • Kuchga kirgan sana:24.07.1996
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 7

Bank tizimiga ishonchni mustahkamlash, banklarni auditorlik tekshirishlar sifati va taʼsirchanligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi xolisona tahlil etilishini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Tijorat banklari uyushmasining quyidagi takliflari qabul qilinsin:

Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki:

Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimiga kiruvchi banklar auditini oʻtkazish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

bank auditini oʻtkazish xususida mamlakatimiz va chet el auditorlik firmalari bilan tuziladigan shartnomalar boʻyicha buyurtmachi sifatida chiqishga haqli;

respublika hududida ish yurituvchi auditorlik firmalari va tashkilotlarga banklarda auditorlik tekshirishlarini oʻtkazish huquqi uchun tegishli sertifikatlar hamda malaka sertifikatlarini beradi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagilar tavsiya etilsin:

bank auditini amalga oshirishga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablari toʻgʻrisidagi Nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash;

bank auditini oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan auditorlik firmalarining roʻyxatini belgilangan tartibda muntazam suratda matbuotda eʼlon qilib turish;

bank auditini oʻtkazish uchun oʻz mablagʻlari hisobidan haq toʻlash.

3. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1996-yil 24-iyul,

PF-1500-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.