Xoʻjalik munosabatlari sohasidagi qonunchilikni yanada mustahkamlash, iqtisodiy islohotlar jarayonini chuqurlashtirishda xoʻjalik sudlarining rolini oshirish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 63, 79, 80-moddalariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Toshkent shahar xoʻjalik sudini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PF-4214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 129-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy xoʻjalik sudi 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni ijro etish yuzasidan bir hafta muddatda xoʻjalik sudlarining moliyaviy, moddiy-texnikaviy hamda boshqa taʼminoti toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 25-iyul,
PF-1501-son