Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va hududiy boshqaruv organlari tuzilmasini takomillashtirish, maʼmuriy-boshqaruv xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularni saqlashga xarajatlarni kamaytirish maqsadida:
1. Tumanga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklarining apparatlarini tugatish va ularning vazifalarini tegishli tumanlar hokimliklarining apparatlariga topshirish borasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar hokimlarining taklifi qabul qilinsin.
2. Tumanga boʻysunuvchi shaharlarga ega boʻlgan tumanlar hokimliklarining shtat jadvaliga tuman hokimining birinchi oʻrinbosari — shahar hokimi qoʻshimcha lavozimi kiritilsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining raisi, viloyatlarning hokimlari tegishli tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar hamda boʻshaydigan xodimlarni ishga joylashtirish va ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini qonunchilikda belgilangan tartibda hal etsinlar.
4. Ushbu Farmonning ijro etilishini nazorat qilish Prezidentning Davlat maslahatchisi T. Alimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-noyabr,
PF-1651-son