PF-1157-son Farmon · 17.05.1995

Xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl teri sotilishini taʼminlovchi Qoraqalpogʻiston Respublika va viloyat uyushmalarini tugatish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1157
  • Qabul qilingan sana:17.05.1995
  • Kuchga kirgan sana:17.05.1995
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 5

Xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotishda ularning mustaqilligini kengaytirish maqsadida:

1. Xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl teri sotilishini taʼminlovchi Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat uyushmalari muassis-xoʻjaliklarining ularni tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Muassislar uyushmalarning qonunda belgilangan tartibda tugatilishini taʼminlasinlar.

2. “Xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl teri sotilishini taʼminlovchi Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat uyushmalarini tashkil qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 7-oktabrdagi Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1995-yil 17-may,

PF-1157-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.