Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati tashkil etilishi munosabati bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Davlat maslahatchisi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 21-iyun,
PF-4324-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 21-iyundagi PF-4324-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2005-yil 2-apreldagi PF-3590-son Farmoni 2-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-maydagi PF-4305-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining ustavida:
5-bandning oʻn ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Institut direktori lavozimi boʻyicha ayni bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisining oʻrinbosari hisoblanadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi—beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.