Bojxona rejimini yanada erkinlashtirish maqsadida:
1. 2001-yilning 1-iyulidan boshlab jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlaridan ular olib kelgan naqd xorijiy valyutaning 10000 AQSh dollaridan ziyod qismidan bir foiz miqdorida boj toʻlovi olinishi bekor qilinsin.
2. “Jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani olib kelishi va olib chiqib ketishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 20-martdagi PF-1979-son Farmoni 2-bandida:
birinchi xatboshidagi “10 ming AQSh dollariga teng miqdorda” degan soʻzlar olib tashlansin;
ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 19-iyun,
PF-2887-son