PF-2886-son Farmon · 19.06.2001

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi Farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2886
  • Qabul qilingan sana:19.06.2001
  • Kuchga kirgan sana:19.06.2001
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 6

Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida” va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2001-yil 19-iyun,

PF-2886-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi PF-2886-son Farmoniga ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA KIRITILADIGAN OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3305-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 120-modda)

3. “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son Farmonida:

a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:

mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining barcha tekshirishlarini oʻtkazish bir yoʻla kompleks tekshirishlar oʻtkazilishini nazarda tutgan holda faqat nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan reja asosidagi tartibda nazorat organlari tomonidan yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi;

mazkur subyektlarning faoliyatini muqobil tarzda tekshirishlarni oʻtkazish, tekshirishni tayinlash toʻgʻrisidagi qaror asosida jinoiy ishlar boʻyicha tergov davomida yoki faqat nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori bilangina nazorat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Xoʻjalik subyektlarida muqobil tekshirishlar oʻtkazilishiga faqat ularning tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan oʻzaro munosabatlari doirasidagina yoʻl qoʻyiladi;

soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻla hajmda toʻlab turadigan, boshqa norma va qoidalarga rioya etadigan, auditorlarning har yillik tegishli xulosalariga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish nazorat organlari tomonidan har ikki yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi:

xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan faqat qoʻzgʻatilgan jinoiy ish boʻyicha tergov tartibida tekshiriladi. Bunda mazkur subyektlarning faqat qoʻzgʻatilgan jinoiy ish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyati tekshirilishi mumkin, bu haqda tekshirishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilishi lozim;

xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining har qanday tekshirishlarini oʻtkazish chogʻida nazorat organlarining mansabdor shaxslari tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonunchilikda belgilangan tartibda yozib qoʻyadilar”;

b) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish va” degan soʻzlar olib tashlansin;

v) 4-banddagi “Xoʻjalik yurituvchi hamda tadbirkorlik tuzilmalarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish, jumladan nazorat tariqasidagi tekshirishlar va taftishlarni oʻtkazish” degan soʻzlar oʻrniga “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini nazorat tariqasida tekshirish va muqobil tekshirishlarni oʻtkazish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

g) Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi toʻgʻrisidagi Nizomda (2-ilova):

1.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Kengash xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi markaziy muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Kengash qarorlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish doirasida davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan barcha organlar uchun majburiydir”;

2.2-bandda:

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari boʻyicha nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish”;

uchinchi xatboshidagi “moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish)” degan soʻzlar oʻrniga “xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish” degan soʻzlar yozilsin;

toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“nazorat organlari faoliyatining takrorlanishiga yoʻl qoʻymaydigan tekshirishlar, shu jumladan kompleks tekshirishlarning” muvofiqlashtirilgan rejalarini ishlab chiqish”;

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“tekshirishlar oʻtkazishning muvofiqlashtirilgan rejalariga rioya etilishi doirasida va Kengash bilan kelishilmagan holda rejadan tashqari tekshirishlar, muqobil tekshirishlar, nazorat tariqasidagi tekshirishlar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslik borasida nazorat organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish”;

2.3-bandda;

ikkinchi xatboshidagi “moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish)ning” degan soʻzlar “xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “(taftishlar)” soʻzi olib tashlansin.

3.1-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “subyektlarni tekshirish va taftish qilish” soʻzlari “subyektlar faoliyatini tekshirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “(taftishlar)” soʻzi olib tashlansin;

toʻrtinchi va beshinchi xatboshidagi “moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni” degan soʻzlar oʻrniga “tekshirishni” degan soʻz yozilsin;

4.2-bandning ikkinchi xatboshidagi “subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni” degan soʻzlar oʻrniga “subyektlar faoliyatini tekshirishni” degan soʻzlar yozilsin;

5.1-bandda:

ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “(taftishlar)” soʻzi olib tashlansin;

toʻrtinchi xatboshidagi “moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirayotgan (taftish qilayotgan)” degan soʻzlar oʻrniga “faoliyatini tekshirayotgan” soʻzlari yozilsin;

beshinchi xatboshidagi “subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish hamda taftish qilishni” degan coʻzlar oʻrniga “subyektlar faoliyatini tekshirishni” degan soʻzlar yozilsin;

5.2-banddagi “subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish hamda taftish qilishni” degan soʻzlar oʻrniga “subyektlar faoliyatini tekshirishni” degan soʻzlar yozilsin;

5.6-banddagi “qoʻshimcha yoki” degan soʻzlar olib tashlansin;

5.7-banddagi “(taftish)” degan soʻz olib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.