PF-688-son Farmon · 22.11.1993

1993-yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-688
  • Qabul qilingan sana:22.11.1993
  • Kuchga kirgan sana:22.11.1993
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 11-12

1. 1993-yil 1-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi hududida:

ish haqi oʻrta hisobda 1,5 baravar oshirilib, ish haqining eng kam miqdori 24.300 soʻm-kupon;

fuqarolarning soliq solinmaydigan daromadlari oyiga 24.300 soʻm-kupon miqdorida;

hozirgi vaqtda amalda boʻlgan barcha turdagi pensiyalarning miqdorini 1,5 baravar koʻpaytirib, mehnat pensiyasining eng kam miqdori oyiga 26.300 soʻm-kupon qilib belgilansin.

2. Oliy oʻquv yurtlari talabalarining, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari 1,5 baravar oshirilib, bunda talabalar oshxonalari va bufetlaridagi tushliklar qiymatidan 50 foizli chegirma saqlab qolinsin.

3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar va muassasalar xodimlarning mansab okladlari oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini taʼminlasinlar, bunda mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq ushbu Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga amal qilinsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi pensiyalar miqdori ushbu Farmonga muvofiq qayta hisoblab chiqilishini taʼminlasin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjetdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ish haqini, pensiyalar va stipendiyalarni oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini aniqlasin.

6. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga mazkur Farmonga muvofiq daromad manbalarini qidirib topishlariga qarab, bunday manbalar vaqtincha yetarli boʻlmaganda esa bank muassasalari tomonidan aniq maqsadni koʻzlab beriladigan kreditlar hisobiga mehnat haqini oshirish tavsiya etilsin.

7. Ushbu Farmon bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1993-yil 22-noyabr,

PF-688-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.