Moddiy-texnika va energetika resurslariga oshib ketgan xarajatlarni qoplash hamda jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklarini, ijara, fermer xoʻjaliklari va boshqa xoʻjaliklarni, shuningdek qishloq aholisini boshoqli don ekinlarining maydonlarini kengaytirishga va yalpi hosilini koʻpaytirishga ragʻbatlantirish maqsadida:
1. 1994-yil hosilidan boshlab boshoqli don ekinlarining xarid narxlari oʻrta hisobda 1 tonna bugʻdoy uchun — 120 ming soʻm, arpa —96 ming soʻm, suli — 96 ming soʻm va javdar — 115 ming soʻm miqdorida tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi yangi xarid narxlarning preyskurantlarini ishlab chiqib, tegishli vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-noyabr,
PF-691-son