PF-604-son Farmon · 07.05.1993

Sobiq SSR Ittifoqining mukofotlar qonunida belgilangan huquq va burchlarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarida saqlab qolish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-604
  • Qabul qilingan sana:07.05.1993
  • Kuchga kirgan sana:07.05.1993
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 4

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Ulugʻ Vatan urushi yillaridagi, uning iqtisodini, fani va madaniyatini shakllantirishdagi, xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlarini eʼtirof etib, qaror qilaman:

1. Sobiq SSR Ittifoqining davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilarida, Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligining xodimlari va boshqa fuqarolarida ilgari mukofotlar qonunida koʻzda tutilgan huquq va burchlar saqlab qolinsin.

2. Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1993-yil 7-may,

PF-604-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.