PF-613-son Farmon · 24.06.1993

Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-613
  • Qabul qilingan sana:24.06.1993
  • Kuchga kirgan sana:24.06.1993
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 7

Matbuot va ommaviy axborot vositalarining davlat istiqlol gʻoyalarini targʻib etish, yangi demokratik jamiyat qurishda, aholini Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlarini eʼtirof qilgan holda, shuningdek jurnalistlar jamoalari, adiblar, olimlar va keng jamoatchilikning koʻplab takliflarini inobatga olib:

1. Respublika Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni etib 27-iyun belgilansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga muvofiq ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1993-yil 24-iyun,

PF-613-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.