PF-617-son Farmon · 15.07.1993

Oʻzbekiston Respublikasida kommunal xizmat koʻrsatishni boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-617
  • Qabul qilingan sana:15.07.1993
  • Kuchga kirgan sana:15.07.1993
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 7

Uy-joylarni xususiylashtirish va bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida respublika kommunal xizmatlari ishini takomillashtirish, koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar sifati uchun mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining roli va masʼuliyatini oshirish maqsadida:

(1—3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 19-dekabrdagi PF-2791-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 12-son, 181-modda)

4. 1994-yilning 1-yanvarigacha mulk egalari bilan uy-joylarni ijaraga oluvchilar va kommunal-foydalanish tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni hisob-kitoblarning shartnomaviy tizimiga oʻtkazish zarur deb hisoblansin.

Aholining kam taʼminlangan tabaqalarini va koʻp bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutgan holda, ularga davlat dotatsiyalarining asta-sekin, bosqichma-bosqich kamaytirilishini inobatga olib, uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va kommunal xizmatlarga davlat tomonidan beriladigan bunday mablagʻlar saqlab qolinsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat ichida Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni saqlash uchun hisob-kitoblarning shartnomaviy tizimini joriy etish masalalariga doir qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1993-yil 15-iyul,

PF-617-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.