Qoraqalpogʻiston Respublikasining birinchi poytaxti boʻlgan Toʻrtkoʻl shahrining respublika tarixiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotida tutgan muhim oʻrnini, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi va Vazirlar Kengashi, koʻplab mehnatkashlarning taklif-istaklarini eʼtiborga olib:
1. Toʻrtkoʻl shahrida bayram tantanalarini oʻtkazish 1993-yil noyabr oyining uchinchi oʻn kunligiga belgilansin.
Bayramni tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita ilova* etilayotgan roʻyxat asosida tasdiqlansin.
* Ilova keltirilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir haftalik muddat ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi va Vazirlar Kengashi hamda Tashkiliy qoʻmita taqdim etgan takliflar asosida zarur chora-tadbirlar tizimini va sarf-xarajatlar miqdorini belgilovchi qaror loyihasini hozirlasin.
3. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-iyul,
PF-634-son