PF-635-son Farmon · 31.07.1993

Xorijiy valyutada soliq boʻlmagan davlat toʻlovlarini olish va taqsimlash tartibi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-635
  • Qabul qilingan sana:31.07.1993
  • Kuchga kirgan sana:31.07.1993
  • Rasmiy nashr:Oliy Kengash Axborotnomasi 7

Xorijiy valyutada davlat bojlari, yigʻimlari va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar olishni tartibga solish va valyuta tushumlaridan samarali foydalanish maqsadida:

1. Belgilab qoʻyilsinki:

qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, xorijiy valyutada olinadigan davlat boji, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarning bir qismi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari maxsus jamgʻarmalarining valyuta hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.

(1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-apreldagi PF-4211-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 102-modda)

vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari maxsus valyuta jamgʻarmalarining mablagʻlari ularning xohishiga koʻra moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va xizmat safari xarajatlari uchun foydalaniladi.

2. “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasi tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 10-avgustdagi farmonining valyuta tushumlarini taqsimlashga taalluqli 10-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari xorijiy valyutada oladigan davlat bojlari, yigʻimlari va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni hamda ularning miqdorlari (stavkalari)ni belgilab beruvchi qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1993-yil 31-iyul,

PF-635-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.