Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, respublikaning xoʻjalik hisobidagi korxonalari va tashkilotlarining ish haqini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:
1. 1994-yilning 1-iyulidan boshlab qoʻshimcha qiymatdan olinadigan soliq miqdorini 25 foizdan 20 foizga kamaytirish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashiga taqdim etsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 13-sentabrdagi 648-son Farmonining 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 26-may,
PF-854-son