Pensionyerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida:
1. 1994-yilning 1-dekabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat pensiyasining eng oz miqdori oyiga 135 soʻm qilib belgilansin.
2. Hozirgi vaqtda amalda boʻlgan barcha turdagi pensiyalar, shuningdek bolalikdan nogironlarga, keksa va mehnatga yaroqsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,2 baravar oshirilsin.
3. Mazkur Farmonni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplansin.
4. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 28-noyabr,
PF-1012-son