PF-1023-son Farmon · 20.12.1994

Teri xom ashyosini respublikadan olib chiqib ketishni taqiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1023
  • Qabul qilingan sana:20.12.1994
  • Kuchga kirgan sana:20.12.1994
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 4

Respublika korxonalarini teri xomashyosi bilan taʼminlash maqsadida:

1. Eksport qilish (jumladan MDH mamlakatlariga olib chiqib ketish) taqiqlangan, 1994-yil 21-yanvardagi 745-son Farmon bilan tasdiqlangan (6-ilova) buyumlar va mahsulotlar Roʻyxatiga “Teri xomashyosi (nostandartidan tashqari)” mahsulot turi kiritilsin.

2. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oʻzistiqbolstat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar mazkur tartibga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasinlar.

3. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 17-noyabrdagi 558-son qarorining 1-ilovasidagi 10-band ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.

4. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1994-yil 20-dekabr,

PF-1023-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining1994-yil 20-dekabrdagiPF-1023-son FarmonigaILOVA

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan beriladigan litsenziyalar boʻyicha belgilangan kvotalar hajmida eksport qilinadigan mollar

№‎ Mahsulot nomi‎ TIF TN kodi‎ “10. Teri (nostandartidan tashqari)‎‎ 410420000, 410620000‎410800000, 410900000”‎ ‎ ‎ ‎

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.