Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik” toʻgʻrisidagi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari tomonida soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ–357-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 8-avgust,
PQ-1801-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 8-avgustdagi PQ–1801-son qarorigaILOVA
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. 7-banddagi “Internet tarmogʻi orqali” soʻzlaridan keyin “kecha-kunduz” soʻzlari qoʻshilsin.
2. 8-bandning uchinchi xatboshidagi “8” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin.
3. 10-bandning ikkinchi xatboshidagi “toʻliq va kommandit shirkatlar” soʻzlaridan keyin “oilaviy korxonalar” soʻzlari qoʻshilsin.
4. 11-bandda:
a) “a” kichik bandidagi “hamda bozorning ustav fondiga taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan miqdorning kamida 30 foizi kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) “b” kichik bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“kredit tashkilotlari uchun — har bir taʼsischi tomonidan korxona ustav fondidagi oʻz ulushining 30 foizi kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (vaqtinchalik soʻmlardagi va valyutadagi jamlovchi hisob raqamlariga pul mablagʻlari kiritilganligi haqida bank maʼlumotnomasi, mol-mulkning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar)”.
5. quyidagi mazmundagi 33-1-band qoʻshilsin:
“33-1. Oilaviy korxona balansiga berilgan, oilaviy korxona ishtirokchilari mol-mulki roʻyxatiga oʻzgartish kiritishga olib kelgan oilaviy korxona boshligʻi almashgan, oilaviy korxona tarkibiga (tarkibidan) ixtiyoriy kirgan (chiqqan), er-xotinning nikohi bekor qilingan yoki oilaviy korxona ishtirokchisi vafot etgan taqdirda taʼsis shartnomasiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritiladi. Bunda oilaviy korxona taʼsis hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab qilinmaydi.”
6. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
_____________________________________ ga (roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi) _______________________________________dan (ariza beruvchining F.I.O.) ARIZA-XABARNOMA ____________________________________________________________________________ (yuridik shaxsning davlat tilidagi toʻliq va qisqartirilgan nomi) __________________________________________________________ni davlat roʻyxatidan oʻtkazishingizni iltimos qilaman Mulkchilik shakli: ____________________________________________________________________________ (jamoat (davlat) xususiy) Tashkiliy-huquqiy shakli: ____________________________________________________________________________ (aksiyadorlik jamiyati, masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat, yoki kommandit shirkat, unitar korxona, xususiy korxona, oilaviy korxona, ishlab chiqarish kooperativi, fermer xoʻjaligi, yuridik shaxs tashkil etgan xolda dehqon xoʻjaligi va boshqa tijorat tashkilotlari) Roʻyxatdagi xodimlarning taxmin qilinayotgan soni ______________ kishi. Asosiy faoliyat turi:__________________________________________________________ Pochta manzili: _______________________________________________________________ Pochta indeksi: __________________ Muloqot telefoni: _____________________________ (Korxona yoki tashkilotning) elektron manzili: ______________________________________ Ariza-xabarnomaga qoʻshimcha ravishda ilova qilinadigan hujjatlar*: 1. __________________________________________________________________________ 2. __________________________________________________________________________ 3. _________________________________________________________________________ Tasdiqlaymanki, taʼsis hujjatlari va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan boshqa hujjatlardagi maʼlumotlar toʻgʻri va qonun hujjatlariga muvofiq keladi. ________________________ _________________________________________________ (toʻldirilgan sana va vaqt) (taʼsischi yoki ariza beruvchining vakolatli shaxsi imzosi) Qabul qilib oldim. _______________________ __________________________________________________ (qabul qilinib olingan sana va vaqt) (roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼulxodimining imzosi) ”;
7. 1a-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
______________________________________ ga (roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi) ______________________________________dan (ariza beruvchining F.I.O.) ARIZA-XABARNOMA ____________________________________________________________________ muddatga (jismoniy shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan toʻldiriladi) ____________________________________________________________________________ (faoliyat amalga oshiriladigan joy) ________________________________________________________ ni amalga oshirish uchun (faoliyat turi) ____________________________________________________________________ sifatida (yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs tashkil etilmagan dehqon xoʻjaligi) yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazishingizni soʻrayman. Yakka tartibdagi tadbirkor, dehqon xoʻjaligi boshligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: F.I.O. ______________________________________________________________________ Pasportga oid maʼlumotlar: ____________________________________________________ (seriyasi, tartib raqami, kim tomonidan va qachon berilgan) Uy manzili: _________________________________________________________________ Pochta indeksi: ________________ Muloqot telefoni: ______________________________ Arizachining elektron manzili:__________________________________________________ Ariza-xabarnomaga qoʻshimcha ravishda ilova qilinadigan hujjatlar*: 1. __________________________________________________________________________ 2. __________________________________________________________________________ 3. __________________________________________________________________________ _______________________ __________________________________________ (toʻldirilgan sana va vaqt) (taʼsischi yoki ariza beruvchining vakolatli shaxsi imzosi) _______________________ ___________________________________________ (qabul qilinib olingan sana va vaqt) (roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimining imzosi)
8. 3-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Yuridik shaxslarga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berish uchun
01. Toʻliq nomi: 02. Qisqartirilgan nomi: MANZILI 03. Pochta indeksi: 04. Viloyat, Toshkent sh., Qoraqalpogʻiston Respublikasi 05. Tuman: 06. Shahar, qishloq, mavze: 07. Koʻcha: 08. Uy, korpus, blok 09. Telefon: 10. Teleks: 11. Faks: 12. Asosiy faoliyat turi: 13. Mulkchilik shakli: 14. Tashkiliy-huquqiy shakli: 15. Bosh korxonaning STIRi (agar mavjud boʻlsa): 16. (Tashkilot yoki korxonaning) elektron manzili: 17. Roʻyxatdagi xodimlarning taxmin qilinayotgan soni: 18. KTUT xos raqami: ________________________ ________________________________________________ (yuborilgan sana va vaqt) (Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimining F.I.O.)”.
9. 3a-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3a-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etilmagan dehqon xoʻjaliklariga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berish uchun
10. 7-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlariga taqdim etish uchun zarur boʻlgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi
1. Tadbirkorlik subyektining nomi, F.I.O.* Toʻliq: Qisqartirilgan: 2. Pochta manzili (tuman, shahar, uy manzili*) 3. Yangidan tashkil etilgan Qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilgan Taʼsis hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar 4. (Tashkilot yoki korxonaning) elektron manzili: ________________________ 5. Muloqot telefonlari:____________________________________________ 6. THSh xos raqami:________________________________________________ MSh xos raqami: __________________________________________________ MHOBT xos raqami: _______________________________________________ KTUT xos raqami: _________________________________________________ XXTUT xos raqami: ________________________________________________ STIR**: ________________________________________________________
7. Muassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: Muassislar (nomi, mamlakat, F.I.O. pasportga oid maʼlumotlar*) Muassislarning ustav fondidagi ulushi ming soʻmda ming AQSh dollarida %da Jami ustav fondi
8. Roʻyxat boʻyicha xodimlarning taxminiy soni: ___________ kishi 9. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi: _____________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ 10. Roʻyxatdan oʻtkazildi __________________________ _________________________ (tartib) (sana) 11. Faoliyat amalga oshiriladigan joy*: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ (yuridik shaxs tashkil etilmagan xoʻjaliklari uchun ajratiladigan yer uchastkasi va uning maydoni koʻrsatiladi) 12. Faoliyatni amalga oshirish muddati*: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ mansabdor shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ Imzo _____________ M.Oʻ.
* Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etilmagan dehqon xoʻjaliklari uchun toʻldiriladi.
** Shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etilmagan dehqon xoʻjaliklari uchun toʻldiriladi.”.