1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Nazorat boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 17-fevraldagi PF-2546-son Farmoniga ilovani qisman oʻzgartirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Nazorat boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Nazorat boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga kirgan mansabdor shaxslar chiqib ketishganida, shuningdek ular keyinchalik boshqa ishga oʻtishganida, tegishli lavozimlarga yanga tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiritiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 4-avgust,
PF-2679-son