PQ-1289-son Qaror · 24.02.2010

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1289
  • Qabul qilingan sana:24.02.2010
  • Kuchga kirgan sana:24.02.2010
  • Holati:Amalda

1. Quyidagilar tasdiqlansin:

2000-yil 1-dekabrdagi MDH doirasida tuzilgan koʻp tomonlama shartnomalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi Bayonnoma;

2009-yil 9 oktabrda imzolangan 1992-yil 13-martdagi Bojxona siyosati tamoyillari toʻgʻrisidagi Bitimning amal qilish muddatini tugatish haqidagi Bayonnoma.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yuborsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2010-yil 24-fevral,

PQ-1289-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.