Anʼanaviy milliy bayram “roʻza hayiti” munosabati bilan va mehnatkashlarning koʻpdan koʻptalab-istaklarini eʼtiborga olib:
1. Respublika fuqarolariga 1991-yil 16-aprelda ularning xohishiga muvofiq ishga chiqmaslikka va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda xoʻjaliklarning maʼmuriyati va kasaba uyushmalari komitetlari bilan kelishilgan holda bu kuni keyinchalik ishlab berishga ruxsat etilsin.
2. Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya komitetlari, Oʻzbekiston SSR vazirliklari va idoralari, birlashmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va xoʻjaliklarning rahbarlari mazkur Farmonning birinchi bandi bajarilishini taʼminlasinlar.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 11-aprel,
PF-193-son