PF-182-son Farmon · 29.03.1991

Surxondaryo viloyati tarkibida Uzun rayonini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-182
  • Qabul qilingan sana:29.03.1991
  • Kuchga kirgan sana:29.03.1991
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 5

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi rayosatining Surxondaryo viloyati tarkibida maʼmuriy markazi Uzun aholi punktida boʻlgan Uzun rayonini tashkil etish, uning tarkibiga Bobotogʻ, Jonchek, Lenin nomli, Telpakchinor, Uzun qishloqlarini hamda Sariosiyo rayonidagi “Xandiza” sovxozi yerlaridan foydalaniladigan chegaralardagi Sangardak qishlogʻi hududining bir qismini kiritish toʻgʻrisidagi iltimosi qondirilsin.

Sariosiyo rayonining maʼmuriy markazi Uzun aholi punktidan Sariosiyo shahar posyolkasiga koʻchirilsin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 29-mart,

PF-182-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.