PF-4522-son Farmon · 26.03.2013

Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4522
  • Qabul qilingan sana:26.03.2013
  • Kuchga kirgan sana:01.04.2013
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 13

Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2013-yil 26-mart,

PF-4522-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi PF-4522-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritiladigan qoʻshimcha va oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son Farmonining 1- bandi:

a) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tekshirish nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan besh yilda koʻpi bilan bir marta reja asosidagi tartibda nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi”;

b) beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati har toʻrt yilda koʻpi bilan bir marta, xususiy bank va moliya institutlari — besh yilda koʻpi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlari esa har uch yilda koʻpi bilan bir marta reja asosidagi soliq tekshirishlaridan oʻtkaziladi (taftish qilinadi)”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.