PF-4524-son Farmon · 29.03.2013

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi Farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4524
  • Qabul qilingan sana:29.03.2013
  • Kuchga kirgan sana:08.04.2013
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 14

“Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashish darajasini oshirish boʻyicha qabul qilingan qarorlarga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2013-yil 29-mart,

PF-4524-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 29-martdagi PF-4524-sonli Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi qarorlari roʻyxati

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 23-dekabrdagi PF-3367-sonli Farmonining 2-bandi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 10-noyabrdagi PF-4051-sonli Farmonining 2-bandi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.