Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-sonli qarorining 3-bandi:
a) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalarini hamda ularning doirasida — mamlakatimizda ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari yarmarkalarini oʻtkazishni tashkillashtirish”;
b) uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 8-aprel,
PQ-1949-son