PF-1782-son Farmon · 19.05.1997

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bank xizmatini tartibga solish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1782
  • Qabul qilingan sana:19.05.1997
  • Kuchga kirgan sana:19.05.1997
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 4-5

Banklar oʻrtasida raqobatni rivojlantirish, xalq xoʻjaligida toʻlov intizomini mustahkamlash va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini banklar tomonidan nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida:

1. Belgilab qoʻyilsinki, 1997-yilning 1-iyulidan boshlab har bir korxona (tashkilot) oʻzi tanlab olgan faqat bitta bank muassasasida soʻm va valyuta hisob-kitob (joriy) hisobvaraqlariga ega boʻlishi mumkin.

Bunda korxonalar va tashkilotlar bankda oʻz hisobvaraqlarini ochish uchun uni mustaqil ravishda tanlaydilar.

2. Tijorat banklari korxonalar va tashkilotlar bundan buyon xizmat koʻrsatish uchun oʻzlari tanlab olgan banklarga ularning soʻm va valyuta hisobvaraqlari toʻsqinliksiz koʻchirilishini taʼminlasinlar, bunda ilgari mazkur hisobvaraqlar ochilgan banklar oldidagi qarz batamom toʻlanishi yoki uning banklararo kreditga qaytadan rasmiylashtirilishi shart.

3. Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birga ikki hafta muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgarishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1997-yil 19-may,

PF-1782-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.