PF-1778-son Farmon · 13.05.1997

Davlat xizmatchilarining mehnatini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1778
  • Qabul qilingan sana:13.05.1997
  • Kuchga kirgan sana:13.05.1997
  • Holati:Amalda

Boshqaruv organlari tizimida malakali xodimlarni tanlash va biriktirish hamda Davlat xizmatchilari mehnatini ragʻbatlantirish maqsadida:

1. 1997-yil 1-iyuldan boshlab budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va sudlarning davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tegishli razryadlariga muvofiq, ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyent sifatida 20 foizli ustama haq belgilansin, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa.

2. 20 foizli ustamani joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror tayyorlasin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1997-yil 13-may,

1778-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.