PF-2069-son Farmon · 25.08.1998

“Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonini belgilash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2069
  • Qabul qilingan sana:25.08.1998
  • Kuchga kirgan sana:25.08.1998
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 8

Jahon chempionatlarida, Olimpiya oʻyinlarida va shularga teng jahon sport anjumanlarida yuksak sport natijalariga erishgan hamda oʻz yutuqlari bilan Vatan obroʻsini, shoni va shuhratini ulugʻlashga koʻmaklashgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonini belgilash maqsadga muvofiq deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1998-yil 25-avgust,

PF-2069-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.