PF-2067-son Farmon · 17.08.1998

“El-yurt hurmati” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2067
  • Qabul qilingan sana:17.08.1998
  • Kuchga kirgan sana:17.08.1998
  • Rasmiy nashr:Oliy Majlis Axborotnomasi 8

Mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy maʼnaviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qoʻshgan, oʻz mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasining “El-yurt hurmati” ordenini taʼsis etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1998-yil 17-avgust,

PF-2067-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.