PF-2063-son Farmon · 31.07.1998

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-yanvardagi “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1919-sonli farmoniga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2063
  • Qabul qilingan sana:31.07.1998
  • Kuchga kirgan sana:31.07.1998

Sobiq SSR Ittifoqi davlat organlarining noqonuniy qarorlari boʻyicha Ukraina SSR va Qrim ASSR hududidan zoʻravonlik bilan Oʻzbekiston SSRga olib kelingan hamda Oʻzbekiston Respublikasidan Ukrainaga qaytish istagini bildirgan koʻchirilgan shaxslarning fuqarolik masalalarini hal etish maqsadida:

1. Koʻchirilgan shaxslar, shuningdek ularning farzandlari va nevaralarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishlarini qayd etish Muvaqqat tartibi tasdiqlansin (ilova qilinadi).

2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi majburiy yigʻimlar va boj toʻlovlaridan ozod qilgan holda, koʻchirilgan shaxslar, shuningdek ularning farzandlari va nevaralarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishlari toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish Muvaqqat tartibi ijro etilishini taʼminlasinlar.

3. Koʻchirilgan shaxslar va ularning oila aʼzolarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishlarini qayd etish toʻgʻrisidagi ushbu Muvaqqat tartib 1999-yilning 31-dekabriga qadar amal qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1998-yil 31-iyul,

PF-2063-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 31-iyuldagi PF-2063-son FarmonigaILOVA

Koʻchirilgan shaxslar, shuningdek ularning farzandlari va nevaralarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan soddalashtirilgan tarzda chiqishlarini qayd etish

1. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida” 1992-yil 2-iyuldagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublik va undan chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, uning joylardagi organlari tomonidan belgilanadi.

2. Ukrainada doimiy istiqomat qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish istagini bildirgan koʻchirilgan shaxslar, shuningdek ularning farzandlari va nevaralari belgilangan namunadagi anketa-arizalarni (1-ilova) Ukraina IIV organlarining koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasiga topshiradilar.

Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali mazkur shaxslarning roʻyxatlarini anketa-arizalar ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligiga joʻnatadi.

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish istagini bildirgan koʻchirilgan shaxslar, shuningdek ularning farzandlari va nevaralari anketa-arizalarni istiqomat joyidagi IIV organlariga topshiradilar.

3. Ota-onaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi bilan ularning 14 yoshga toʻlmagan farzandlarining fuqaroligi ham shunga muvofiq ravishda oʻzgaradi.

14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan balogʻatga yetmagan farzandlar oʻz roziliklarini ota-onalar tomonidan taqdim etiladigan notarial tasdiqlangan anketa-arizada shaxsiy imzolari bilan izhor etishlari kerak.

4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani berish haqida fuqarolardan ariza olgan Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalari:

a) Fuqarolarning avvalgi istiqomat joyidagi ichki ishlar organlarining manzilgoh-maʼlumotnoma byurolari orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi IIV axborot markazi boʻyicha fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidan joʻnab ketish sanasi toʻgʻrisida ularning maʼlumotlarini tekshiradilar;

b) shaxsning respublikadan tashqariga doimiy yashash uchun “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni amalga kiritilgunga qadar, yaʼni 1992-yilning 28-iyuligacha joʻnab ketganligi fakti aniqlangan hollarda belgilangan namunadagi tegishli maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi (2-ilova);

v) Respublikadan tashqariga doimiy istiqomat joyiga “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amalga kiritilgandan keyin, yaʼni 1992-yilning 28-iyulidan soʻng joʻnab ketgan shaxslarga belgilangan namunadagi tegishli maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi (3-ilova);

g) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qiluvchi shaxslarga belgilangan namunadagi tegishli maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi (3-ilova).

5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi fuqarolarning notarial tasdiqlangan anketa-arizalari tekshirish hamda pasport boʻlinmalarida saqlanuvchi 1-shakldagi arizalarga qoʻshib qoʻyish uchun ularning avvalgi istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga yuboriladi, 1-shakl boʻlmagan hollarda esa ushbu ariza uning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga joʻnab ketganidan dalolat beruvchi mavjud hujjatlarga qoʻshib qoʻyiladi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar ichki ishlar organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi IIVga yuboriladi, soʻngra ular Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga joʻnatiladi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni berish haqida shaxslarning arizalarini hisobga olish avvalgi istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan va belgilangan namunadagi maʼlumotnomalarni olgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har oyning 5-kunidan kechiktirilmay Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuborib turiladi.

9. Ushbu Muvaqqat tartibning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalari zimmasiga yuklanadi.

1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishimga ruxsat berishingizni soʻrayman. Ayni vaqtda qaramogʻimda boʻlgan balogʻatga yetmagan quyidagi farzandlarimning men bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishlariga ruxsat berishingizni soʻrayman:

Oʻzim haqimda quyidagi maʼlumotlarni xabar qilaman:‎‎‎ ‎‎1. Familiyasi, ismi va otasining ismi ___________________________________________‎ ‎ (oʻzgartirilgan boʻlsa-koʻrsatilsin)‎ ‎‎2. Tugʻilgan sanasi va joyi _____________________________________________________‎ ‎‎3. Millati__________________________________________________________________‎ ‎‎4. Oilaviy ahvoli_____________________________________________________________‎ ‎‎5. Nikoh bekor qilingan hollarda ota yoki onaning roziligi* __________________________‎___________________________________________________________________________‎ ‎‎6. Maʼlumoti (kasbi, mutaxassisligi) ____________________________________________‎ ___________________________________________________________________________‎‎ 7. Sud tartibida jinoiy yoki fuqarolik ___________________________________________ javobgarligiga tortilganmisiz, _________________________________________________‎ ‎‎agar tortilgan boʻlsangiz, qachon, _________________________________________________ ‎‎kim tomonidan va nima uchun ___________________________________________________‎ ‎‎8. Armiyada xizmat qilganmisiz, qoʻshin turi, qachon, qayerda ____________________________‎___________________________________________________________________________‎ ‎‎9. Hozirgi vaqtda harbiy majburiyatga munosabat ___________________________________‎___________________________________________________________________________‎ ‎‎10. OʻRda doimiy istiqomat qilgan _______________________________________________ soʻnggi manzilgohingiz ________________________________________________________‎ va qanday hujjat boʻyicha joʻnab ketdingiz, seriya _____________ , № __________________ ,‎kim tomonidan va qachon berilgan________________________________________________ ‎ ‎‎11. Qaysi davlatning fuqaroligini qabul qilishni istaysiz __________________________‎ 12. OʻR Fuqaroligidan chiqish sabablari ___________________________________________‎‎___________________________________________________________________________‎ 13‎‎. OʻRda istiqomat qiluvchi yaqin qarindoshlar _____________________________________‎ (qarindoshlik darajasi, F.I.O., ________________________________________________‎tugʻilgan vaqti va joyi, ________________________________________________________‎fuqaroligi, mashgʻuloti, yashash manzili) __________________________________________‎___________________________________________________________________________‎___________________________________________________________________________ ‎ ‎‎14. OʻRdan tashqarida istiqomat qiluvchi yaqin ______________________________________ qarindoshlar (qarindoshlik darajasi, F.I.O., ______________________________________ tugʻilgan vaqti va joyi, ________________________________________________________ fuqaroligi, mashgʻuloti, yashash manzili) __________________________________________ ‎___________________________________________________________________________‎___________________________________________________________________________‎ 15.OʻRdagi soʻnggi ish joyi _____________________________________________________‎‎___________________________________________________________________________‎Uy manzilgohi, telefon raqami _________________________________________________‎ pasport seriyasi ________ , № __________________________________________________‎‎ 199 __ yil “____” ______________‎ Imzo __________________ ‎‎‎ Notarius imzosi ‎va muhri ‎ Ushbu anketa-ariza OʻR fuqaroligiga mansub boʻlmagan hollarda ham beriladi ‎

* Izoh: shaxsan tasdiqlashning iloji boʻlmagan hollarla, ularning notarial tasdiqlangan yozma roziligini ilova qilish zarur.

2-ILOVA

3-ILOVA

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.