PF-2545-son Farmon · 17.02.2000

Jizzax viloyati Yangiobod tumani va Navoiy shahar Karmana tumani sudlarini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2545
  • Qabul qilingan sana:17.02.2000
  • Kuchga kirgan sana:17.02.2000
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 2-3

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 15-apreldagi “Jizzax viloyati tarkibida Yangiobod maʼmuriy-hududiy tumani tuzish toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 1999-yil 3-iyundagi “Navoiy shahri tarkibida Karmana tumanini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorlariga binoan hamda ushbu hududlarda fuqarolarning huquq va manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilinishini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquq-tartibotni mustahkamlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 79-moddasiga asosan:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Jizzax viloyati Yangiobod tumani va Navoiy shahar Karmana tumani sudlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

2. Jizzax viloyati Yangiobod tumani va Navoiy shahar Karmana tumani sudlarining tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin*.

* Ilovalar berilmaydi.

3. Jizzax va Navoiy viloyat hokimliklari bir oy muddat ichida Yangiobod va Karmana tuman sudlarini binolar va zarur moddiy-texnikaviy vositalar bilan taʼminlasinlar.

4. Mazkur Farmonning ijrosini taʼminlash yuzasidan nazoratni olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2000-yil 17-fevral,

PF-2545-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.