PF-2552-son Farmon · 23.02.2000

Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2552
  • Qabul qilingan sana:23.02.2000
  • Kuchga kirgan sana:23.02.2000
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 2-3

Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmogʻini boshqarishni takomillashtirish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining, “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining, “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining, charm, moʻyna (qorakoʻldan tashqari) xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, charmdan foydalangan holda poyabzal, charm-galantereya hamda tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning quyidagi takliflari qabul qilinsin:

“Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tarkibidan chiqish;

“Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasini “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi etib qayta tashkil qilish, qayta tashkil etilayotgan “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining charm, moʻyna (qorakoʻldan tashqari) xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, sunʼiy charm, charm-galantereya buyumlari, poyabzal, charmga ishlov berish uchun oshlovchi moddalar ishlab chiqarish boʻyicha “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tarkibida boʻlgan korxonalarni ixtiyoriylik asosida uning tarkibiga kiritish.

2. “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi respublikada charm xom ashyosining bosh tayyorlovchisi etib belgilansin va “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi mana shu ishlarni amalga oshirishdan ozod qilinsin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5477-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kunlik muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2000-yil 23-fevral,

PF-2552-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.