PQ-1658-son Qaror · 13.12.2011

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga avtotransport vositalari olib kirishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1658
  • Qabul qilingan sana:13.12.2011
  • Kuchga kirgan sana:13.12.2011
  • Holati:Amalda

Tashqi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, respublikaga avtotransport vositalarini olib kirish tartibini takomillashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son qaroriga 12-2-ilovaning 87-tovar guruhi 5-bandining* tovarning bojxona qiymatining 5 foizi miqdorida aksiz soligʻi stavkasini belgilashni nazarda tutuvchi harakati 2012-yil 1-yanvardan boshlab Ukrainadan ishlab chiqariladigan va olib kelinadigan yangi transport vositalariga tatbiq etilsin.

*12-2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

2. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda:

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlar joriy etilganligi toʻgʻrisida Ukraina Hukumatiga diplomatik kanallar orqali xabar berilsin;

avtotransport vositalari bilan oʻzaro savdo qilishda teng kirish shartlarini belgilash yuzasidan Ukraina tomoni bilan maslahatlashuvlar oʻtkazsin va 2011-yil 15-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qarordan kelib chiqadigan idoraviy normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 13-dekabr,

PQ-1658-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.