PQ-1646-son Qaror · 22.11.2011

Xalqaro taraqqiyot assotsiatssiyasining ustav kapitalidagi qoʻshimcha aksiyalarga Oʻzbekiston Respublikasining obunasi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1646
  • Qabul qilingan sana:22.11.2011
  • Kuchga kirgan sana:22.11.2011
  • Holati:Amalda

Xalqaro Taraqqiyot Assotsiatsiyasi (XTA) bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, uning koʻpayishi munosabati bilan XTA ustav kapitalidagi Oʻzbekiston Respublikasining dastlabki ulushini saqlab qolish maqsadida:

1. XTA Boshqaruvchilar kengashi XTAning ustav kapitalini koʻpaytirish va XTAga aʼzo mamlakatlarning XTA ustav kapitalidagi ulushlarini saqlab qolish uchun qoʻshimcha aksiyalarga obuna boʻlishini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankining XTA ustav fondidagi 8 157 dona, shu jumladan har bir aksiyaning nominal qiymati 25 AQSH dollari boʻlgan 2357 dona toʻlangan aksiyalar va 5,8 ming dona bepul aʼzolik badallari uchun Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshimcha obunasi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasining XTA ustav kapitalidagi qoʻshimcha ulushlarni sotib olish niyati toʻgʻrisidagi yozma majburiyatni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash huquqi berilsin.

4. Belgilansinki, XTA ustav kapitalidagi toʻlangan 2 357 dona aksiyalar qiymatini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi XTAning qimmatli qogʻozlari hisobvaragʻiga joylashtirilgan milliy valyutadagi oʻtkazilmaydigan veksellarni chiqarish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obuna hujjati taqdim etilganidan keyin 31 kun davomida 58 925 AQSH dollari ekvivalentidagi milliy valyutadagi foizsiz hisoblangan veksellarni muomalaga chiqaradi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi XTAning qimmatli qogʻozlar hisobvaragʻiga joylashtiradi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan XTA ustav fondidagi qoʻshimcha ulushlarga obuna boʻlish toʻgʻrisidagi hujjatning oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi XTAning qimmatli qogʻozlari hisobvaragʻiga oʻtkazilmaydigan foizsiz veksellarni chiqarish va joylashtirish toʻgʻrisida MDHni xabardor qilsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 22-noyabr,

PQ-1646-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.