Ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabga ega boʻlgan kaliy oʻgʻitlari ishlab chiqarilishini koʻpaytirish, eksport salohiyati yanada kengaytirilishini taʼminlash, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
1. “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yakunlari boʻyicha “Oʻzkimyosanoat” DAKning “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasi tomonidan loyihalashtirish, qurish, asbob-uskunalarni yetkazib berish va “tayyor holda topshirish” shartlarida ishga tushirish-sozlash ishlariga quyidagi kompaniyalar bilan shartnomalar tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
“CITIC International Cooperation Co. Ltd.” (XXR) — 116,3 mln AQSH dollari miqdorida yiliga 400 ming tonna kaliy oʻgʻitlari ishlab chiqarish boʻyicha qayta ishlash kompleksi qurilishiga;
“ZUMK-Injiniring” (Rossiya) — umumiy qiymati 122,3 mln AQSH dollari boʻlgan 1 400 ming tonna silvinit rudasini qazib olish boʻyicha togʻ-kon kompleksi, yiliga 2 100 ming tonna rudani tashish uchun yuk osma dor yoʻli va tashqi elektr taʼminoti obyektlari qurilishiga.
2. Belgilansinki, “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)” loyihasini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
“Oʻzsanoatqurilishbank” OATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan XXR Hukumatining imtiyozli kredit liniyasi doirasida ajratiladigan 110,5 mln AQSH dollari miqdoridagi XXR Eksimbanki krediti — 20 yil muddatga, shu jumladan imtiyozli davr — 5 yilga, qayta ishlash kompleksi qurilishiga shartnoma qiymatining 95 foizini toʻlash uchun qayta moliyalashtiruvchi bankning yillik 0,25 foiz miqdoridagi marjasini qoʻshgan holda yillik 2,25 foizli foiz stavkasi bilan;
“Oʻzsanoatqurilishbank” OATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 128,1 mln AQSH dollari miqdoridagi krediti — 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yil imtiyozli davr bilan, qayta ishlash kompleksi qurilishi uchun shartnomaning 5 foizi miqdoridagi boʻnak toʻlovini va kon qazish kompleksi, yuk osma dor yoʻli va tashqi elektr taʼminoti obyektlari qurilishi uchun shartnoma qiymatining 100 foizini toʻlash uchun yillik 2,25 foizli foiz stavkasi bilan, shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi bankning yillik 0,25 foiz miqdoridagi marjasi bilan;
“Oʻzkimyosanoat” DAK huzuridagi Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining 0,83 mln AQSH dollariga teng miqdordagi qarz mablagʻlari va “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasining 15,36 mln AQSH dollariga teng miqdordagi oʻz mablagʻlari — foizlar va vositachilik haqini toʻlash, Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodining ikkinchi bosqichi foydalanishga topshirilgunga qadar XXR Eksimbanki va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlarni qoplash uchun.
3. Quyidagilar tasdiqlansin:
“Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosi 1-ilovaga muvofiq asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar va obyektlar 2013-yilning IV choragida ishga tushirilishi bilan birga;
kredit resurslarini qaytarishning prognoz jadvallari 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda quyidagi kafolatlarni berish vakolati berilsin:
XXR Eksimbankiga — “Oʻzsanoatqurilishbank” OATBning toʻlov majburiyatlari boʻyicha;
“Oʻzsanoatqurilishbank” OATBga — “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasining XXR Eksimbanki krediti boʻyicha majburiyatlari yuzasidan.
“Oʻzsanoatqurilishbank” OATB XXR Eksimbanki bilan qayta ishlash kompleksi qurilishini mablagʻ bilan taʼminlash yuzasidan yakka tartibdagi qarz bitimi tuzganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qarz bitimida nazarda tutilgan shaklga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi kafolati boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
“Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasi qarz oluvchi hamda qarz va kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
asosiy qarzni qaytarish, foizlar, vositachilik haqi va kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlarni toʻlash “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzsanoatqurilishbank” OATB “CITIC International Cooperation Co. Ltd.” (XXR) va “ZUMK-Injiniring” kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalarga belgilangan tartibda yuklashdan oldingi inspeksiya mexanizmini qoʻllagan holda asbob-uskunalar va materiallar spetsifikatsiyasi aniqlashtirilishiga qarab, loyihaning tasdiqlangan TIA asosida, keyinchalik ularni yakuniy ekspertizadan oʻtkazgan holda xulosalar bersinlar va moliyalashtirishni ochsinlar.
8. Quyidagilardan ozod qilinsin:
2015-yil 1-yanvargacha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha, “tayyor holda topshirish” shartlarida tuzilgan shartnomalarga muvofiq “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasi, “CITIC International Cooperation Co. Ltd.” (XXR) va “ZUMK-Injiniring” kompaniyalari tomonidan import qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan materiallar, asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shu jumladan texnik va loyiha hujjatlari — bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno);
XXR Eksimbanki, “CITIC International Cooperation Co. Ltd.” (XXR) va “ZUMK-Injiniring” kompaniyalari mazkur loyihani amalga oshirish doirasida olingan daromadlar boʻyicha — yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻidan;
“Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasi mazkur loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2007-yil 17-dekabrdagi PQ-748-son qarori doirasida “ZUMK-Injiniring” kompaniyasi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha — qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
2015-yil 1-yanvargacha “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasi — yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va yer soligʻidan, hisoblangan summani jalb qilingan kreditlarni qaytarishga yoʻnaltirgan holda.
10. “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasiga, istisno tariqasida, 2012-yil 31-dekabrgacha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)” loyihasi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAKning buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAKning buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji toʻlamasdan koʻp martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtincha yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAK buyurtmanomalari boʻyicha “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” unitar korxonasiga koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 17-noyabr,
PQ-1642-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 17-noyabrdagi PQ-1642-son qaroriga1-ILOVA
“Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
T/rKoʻrsatkich nomiOʻlchov birligiJamiShu jumladan, quyidagi manbalar boʻyicha:TTJ kreditiXXR Eksimbanki kreditioʻz mablagʻlari“Oʻzkimyosanoat” DAK huzuridagi Taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari1.Loyihaning umumiy qiymatiming dollarga teng254795,2128115,3110491,215356,5832,22.Kapital qoʻyilmalar summasi, jamiming dollarga teng254795,2128115,3110491,215356,5832,2shu jumladan:2.1.mashina va asbob-uskunalar:ming dollarga teng105189,571807,333382,20,00,0EAVdaming doll.105189,571807,333382,20,00,02.2.qurilish-montaj ishlari:ming dollarga teng120783,049508,071275,00,00,0EAVdaming doll.120783,049508,071275,00,00,02.3.boshqa xarajatlarming dollarga teng15128,86800,05834,01662,6832,2EAVdaming doll.12634,06800,05834,00,00,0milliy valyutadaming dollarga teng2494,80,00,01662,6832,22.4.investitsiya davridagi moliyaviy chiqimlar*ming dollarga teng12244,70,00,012244,70,0milliy valyutadaming dollarga teng12244,70,00,012244,70,02.5.boshlangʻich aylanma kapitalming dollarga teng1449,20,00,01449,20,0EAVdaming doll.201,70,00,0201,70,0milliy valyutadaming dollarga teng1247,50,00,01247,50,03.Mavjud asosiy fondlar qiymatiming dollarga teng127006,461741,041705,0491,623068,84.Korxona quvvati, shu jumladan:ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmikaliy oʻgʻitlari — 400,0 ming tonna (fizik vaznda)taxminiy yillik eksport hajmi kaliy oʻgʻitlari — 300,0 ming tonna (fizik vaznda)5.Ish bilan band boʻlganlarning taxminiy soni944 kishi6.Hisoblangan qoplash muddati7,5 yil — diskontsiz11,1 yil — diskontlash bilan7.Investitsiya davrining davomiyligi29 oy8.Tashkil etiladigan ishlab chiqarish fondlarining qiymati253 132,3 ming AQSH dollariga teng9.Kredit va boshqa qarz mablagʻlarini qaytarish muddatiTTJ krediti — 7 yil, XXR Eksimbanki krediti — 20 yil, “Oʻzkimyosanoat” DAK huzuridagi Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari — 5 yil
* Qaytarish paytida toʻlovlarning amaldagi summasidan kelib chiqib oʻzgartirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 17-noyabrdagi PQ-1642-son qaroriga2-ILOVA
“OʻZSANOATQURILISHBANK” OATB TOMONIDAN QAYTA MOLIYALASHTIRILADIGAN XXR EKSIMBANKI KREDITINI QAYTARISHNING
Kredit summasi110 491,18 ming AQSH dollariKredit muddati20 yilshu jumladan, imtiyozli davr5 yilFoiz stavkasi2,25%shu jumladan, bank marjasi0,25%Tashkil etish uchun komissiya (bir martalik)0,30%Majburiyatlar uchun komissiya0,30%Kafolat uchun komissiya0,10%Asosiy summani toʻlashlar soni30ming AQSH dollariToʻlash davrlariTanlovToʻlov summasiQuyidagilar uchun komissiya:Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa*asosiy qarzfoiz*tashkil etishkafolatmajburiyat*2011-yil II yarim yillik331,47331,472012-yil I yarim yillik99187,355885,4339,35120,431045,212012-yil II yarim yillik10691,2501195,2753,139,131257,532013-yil I yarim yillik262,5301252,3555,650,601308,602013-yil II yarim yillik1259,7355,980,541316,252014-yil I yarim yillik350,0401256,1755,810,091312,072014-yil II yarim yillik207,179,21216,382015-yil I yarim yillik1270,6556,471327,122015-yil II yarim yillik1249,9355,551305,482016-yil I yarim yillik1270,6556,471327,122016-yil II yarim yillik1256,8455,861312,702017-yil I yarim yillik3683,041270,6556,475010,162017-yil II yarim yillik3683,041208,2753,704945,012018-yil I yarim yillik3683,041185,9452,714921,692018-yil II yarim yillik3683,041124,9450,004857,982019-yil I yarim yillik3683,041101,2348,944833,212019-yil II yarim yillik3683,041041,6146,294770,942020-yil I yarim yillik3683,041016,5245,184744,742020-yil II yarim yillik3683,04963,5842,834689,452021-yil I yarim yillik3683,04931,8141,414656,262021-yil II yarim yillik3683,04874,9538,894596,882022-yil I yarim yillik3683,04847,1037,654567,792022-yil II yarim yillik3683,04791,6235,184509,842023-yil I yarim yillik3683,04762,3933,884479,312023-yil II yarim yillik3683,04708,2931,484422,812024-yil I yarim yillik3683,04677,6830,124390,842024-yil II yarim yillik3683,04628,4227,934339,392025-yil I yarim yillik3683,04592,9726,354302,362025-yil II yarim yillik3683,04541,6424,074248,752026-yil I yarim yillik3683,04508,2622,594213,892026-yil II yarim yillik3683,04458,3120,374161,722027-yil I yarim yillik3683,04423,5518,824125,412027-yil II yarim yillik3683,04374,9816,674074,692028-yil I yarim yillik3683,04338,8415,064036,942028-yil II yarim yillik3683,04293,2613,033989,332029-yil I yarim yillik3683,04254,1311,293948,462029-yil II yarim yillik3683,04208,329,263900,622030-yil I yarim yillik3683,04169,427,533859,992030-yil II yarim yillik3683,04124,995,563813,592031-yil I yarim yillik3683,0484,713,763771,512031-yil II yarim yillik3683,0441,661,853726,55Jami110491,18110491,2030654,23331,471362,35130,79142970,04
* Kreditning amaldagi summalari va tanlov sanalaridan kelib chiqib aniqlik kiritilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 17-noyabrdagi PQ-1642-son qaroriga3-ILOVA
“OʻZSANOATQURILISHBANK” OATB TOMONIDAN QAYTA MOLIYALASHTIRILADIGAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TIKLANISH VA TARAQQIYOT JAMGʻARMASI KREDITINI QAYTARISHNING
Kredit summasi128 115,33 ming AQSH dollariKredit muddati7 yilshu jumladan, imtiyozli davr3 yilFoiz stavkasi2,25%shu jumladan, bank marjasi0,25%Tashkil etish uchun komissiya (bir martalik)0,30%Majburiyatlar uchun komissiya0,30%Asosiy summani toʻlashlar soni9ming AQSH dollariToʻlash davrlariTanlovToʻlov summasiQuyidagilar uchun komissiya:Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa*asosiy qarzfoiz*tashkil etishmajburiyat *2011-yil II yarim yillik69160,33384,3569,84454,192012-yil I yarim yillik58955,00885,9636,32922,282012-yil II yarim yillik1334,681334,682013-yil I yarim yillik1437,351437,352013-yil II yarim yillik1445,251445,252014-yil I yarim yillik1437,351437,352014-yil II yarim yillik14235,041445,2515680,292015-yil I yarim yillik14235,041277,6415512,682015-yil II yarim yillik14235,041124,0815359,122016-yil I yarim yillik14235,04963,5015198,542016-yil II yarim yillik14235,04802,9115037,952017-yil I yarim yillik14235,04638,8214873,862017-yil II yarim yillik14235,04481,7514716,792018-yil I yarim yillik14235,04319,4114554,452018-yil II yarim yillik14235,01160,5814395,59Jami128115,33128115,3313754,53384,35106,16142360,37
* Kreditning amaldagi summalari va tanlov sanalaridan kelib chiqib aniqlik kiritilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 17-noyabrdagi PQ-1642-son qaroriga4-ILOVA
“OʻZKIMYOSANOAT” DAK HUZURIDAGI KIMYO SANOATI TASHKILOTLARINI RIVOJLANTIRISH VA QOʻLLAB-QUVVATLASH JAMGʻARMASINING QARZ MABLAGʻLARINI QAYTARISHNING
Kredit summasi832,205 ming AQSH dollariga tengKredit muddati5 yilFoiz stavkasi0,00%shu jumladan, bank marjasi0,00%Tashkil etish uchun komissiya (bir martalik)0,00%Asosiy summani toʻlashlar soni3Toʻlash davrlariTanlovToʻlov summasiToʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summaasosiy qarzfoiz2011-yil II yarim yillik832,212012-yil I yarim yillik2012-yil II yarim yillik2013-yil I yarim yillik2013-yil II yarim yillik2014-yil I yarim yillik2014-yil II yarim yillik2015-yil I yarim yillik568,93568,932015-yil II yarim yillik215,56215,562016-yil I yarim yillik47,7247,72Jami832,21832,210,00832,21