Jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklariga, dehqon va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalariga davlat tomonidan qoʻshimcha madad berish maqsadida:
1. Qishloq xoʻjalik korxonalari 1992-yilning 1-iyunidan boshlab qoʻshimcha qiymatdan soliq toʻlashdan ozod qilinsin.
2. Jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklariga va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalariga soliq toʻlashdan ozod boʻlish hisobiga olingan qoʻshimcha mablagʻlarni asosan ish haqini oshirishga sarflash, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarida mehnat haqi jamgʻarmasining 70% ga yetkazilishini taʼminlash tavsiya qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Farmon bajarilishini tashkil etish yuzasidan 3 kun muddat ichida qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-may,
PF-412-son