PQ-1899-son Qaror · 29.12.2012

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1899
  • Qabul qilingan sana:29.12.2012
  • Kuchga kirgan sana:29.12.2012
  • Holati:Amalda

1. 2012-yil 7-sentabrda Ostona shahrida imzolangan:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida shaxslarni readmissiya qilish toʻgʻrisidagi Bitim;

2000-yil 7-iyuldagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro borib-kelishlari shartlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2006-yil 4 sentabrdagi Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi Bitimga Bayonnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Bayonnoma.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yuborsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari koʻrsatib oʻtilgan xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi V.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2012-yil 29-dekabr,

PQ-1899-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.