Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-381-son qarorida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida adabiyot fondining oʻsishini taʼminlash, kutubxona ishiga eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, aholining mamlakat axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha rejali va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida 6,3 million kitobxonga axborot xizmatlarini koʻrsatuvchi 11026 ta axborot-kutubxona muassasasi faoliyat koʻrsatmoqda. Adabiyotning umumiy fondi 83,6 million saqlov birligini, shu jumladan 3,5 mln elektron formatda saqlov birligini tashkil etadi.
Barcha axborot-kutubxona markazlarida Internet tarmogʻiga chiqadigan mahalliy tarmoqlar (“ZiyoNET”) tashkil etildi, respublika taʼlim muassasalarining 1639 ta axborot-resurs markazlarida (91%) mahalliy tarmoqlar tashkil etildi, 1380 ta markaz (76,5%) Internet tarmogʻiga ulandi (ZiyoNET).
Kutubxona muassasalarini zamonaviy kompyuter va tashkiliy texnika bilan jihozlash boʻyicha ishlar amalga oshirildi, kompyuterlar soni 2,8 barobar, koʻpaytirish va skanerlash texnikasi 2,3 barobar koʻpaydi.
Aholiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona xizmatining koʻrsatilishini yanada sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtishni taʼminlash, axborot-kutubxona muassasalarini yagona axborot makoniga birlashtirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirish, madaniy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va saqlash, taʼlim muassasalari oʻquvchilari va aholining taʼlim tizimi va mustaqil oʻqishini rivojlantirish maqsadida:
1. Aholiga axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlarini koʻrsatishni yanada sifatli rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalar sifatida quyidagilar belgilansin:
axborot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha yagona yondashuv va standartlarni ishlab chiqish;
elektron resurslar fondini, shu jumladan, maʼnaviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxsni ijodiy rivojlantirish uchun birinchi navbatda maʼnaviy-axloqiy, madaniy-tarixiy, ilmiy va maʼrifiy ahamiyatga ega boʻlgan bosma nashrlarning elektron nusxalarini yaratish yoʻli bilan shakllantirish;
aholining keng qatlamlari uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida, shu jumladan “ZiyoNET” tarmogʻi orqali birlashtirilgan axborot-kutubxona resurslaridan keng koʻlamda foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
axborot-kutubxona muassasalarining yigʻma elektron katalogini yaratish va elektron hujjatlar yetkazib berish xizmatini tashkil etish asosida axborot resurslaridan oʻzaro foydalanishni muvofiqlashtirish;
axborot-kutubxona muassasalarini yanada rivojlantirish, ularni zamonaviy kompyuter, telekommunikatsiya va tashkiliy texnika bilan jihozlash, elektron kutubxona zallarini yaratish, integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻiga ulash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari boʻyicha oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
2. Tasdiqlansin:
2011 — 2015-yillarga normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalarini jihozlash, respublikaning integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻini yaratish, elektron axborot-kutubxona resurslari fondini shakllantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
2011 — 2015-yillarga elektron kutubxonalarni bosqichma-bosqich shakllantirish, axborot-kutubxona muassasalarini jihozlash, elektron axborot-kutubxona resurslari fondini shakllantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, yaratilayotgan raqamli kutubxonalar (jami — 1815 ta zallar) amaldagi axborot-kutubxona muassasalari xonalarida joylashtiriladi hamda tegishli kompyuter va telekommunikatsiya texnikasi bilan belgilangan tartibda jihozlangan boʻladi.
3. Yaratilsin:
A. Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida shtatlar soni 12 birlikni oʻz ichiga olgan yuridik shaxsni tuzgan holda A. Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tarkibidagi Yigʻma elektron katalog respublika markazi;
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga idoraviy mansub Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining axborot-kutubxona markazlari tuzilmalarida, ularning taʼminoti uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida har biri 2 birlikni oʻz ichiga olgan yigʻma elektron katalog sektorlari.
4. Respublika Axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash (Sh.M. Mirziyoyev) mazkur qaror bilan tasdiqlangan Dastur amalga oshirilishi jarayoni ustidan belgilangan maqsadli parametrlarga qatʼiy rioya qilgan holda tizimli nazorat oʻrnatsin, Dastur amalga oshirilishining natijalari har chorakda Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2011-yildan boshlab har yili Dasturga muvofiq tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur budjet mablagʻlarini ajratsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki, respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, materiallar va nashr etilmaydigan kitoblar va davriy nashrlar, shu jumladan axborot-kutubxona muassasalari uchun moʻljallangan elektron nashrlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha 2015-yil 31-dekabrgacha bojxona toʻlovlari toʻlanmasdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) respublikaga olib kiriladi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-fevral,
PQ-1487-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-fevraldagi PQ-1487-son qaroriga1-ILOVA
2011 — 2015-yillarda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalarini jihozlash, respublikaning integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻini yaratish, elektron axborot-kutubxona resurslari fondini shakllantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish shakliBajarish muddatiMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilarI. Axborot-kutubxona faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish1.Elektron kutubxonalarni shakllantirish va integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻini yaratish boʻyicha standartlarini, shuningdek elektron shaklga oʻtkazilishi nazarda tutilgan bosma nashrlarga mualliflik huquqini tartibga solish masalalari boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishStandartlar2011-yilOʻzAAA oʻz va homiylik mablagʻlariDavlat aloqa qoʻmitasi,Milliy kutubxona2.Elektron kutubxona toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqishVazirlar Mahkamasining Qarori2011-yil II chorak-Milliy kutubxona,Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,Adliya vazirligiII. Axborot-kutubxona muassasalarini jihozlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish3.“Elektron kutubxonalarni shakllantirish va integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻini yaratish” loyihasining texnik topshiriqlarini tayyorlash, dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (DTIH) ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritishDTIH2011-yil II chorakOʻzAAA oʻz va homiylik mablagʻlariDavlat aloqa qoʻmitasi,Milliy kutubxona4.Respublika Yigʻma elektron katalog markazini, axborot-kutubxona muassasalarining elektron kutubxona zallarini markaz mutaxassislarining ish joylari bilan (kompyuter, telekommunikatsiya va muqovalash uchun uskuna, mebel va boshqalar) jihozlashChora-tadbir rejasi2011-yil II chorakda tasdiqlash 2011 — 2015-yillarda amalga oshirishBudjetdan ajratiladigan mablagʻlarMilliy kutubxona,Axborot texnologiyalari vazirligi,Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,Xalq taʼlimi vazirligi, vazirlik va idoralar,Moliya vazirligi,Iqtisodiyot vazirligiIII. Elektron shaklda axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish5.Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari hamda kutubxonalarda elektron shaklda toʻliq matnli axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish reja-jadvalini ishlab chiqishVazirlar Mahkamasining qarori2011-yil II chorakda tasdiqlash 2011 — 2015-yillarda amalga oshirish-Idoralararo kengash,Axborot texnologiyalari vazirligi,Milliy kutubxona,Madaniyat vazirligi,Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,Xalq taʼlimi vazirligi,Oʻrta maxsus,kasb-hunar taʼlimi markazi,Fanlar akademiyasi6.Bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, kitoblar-manuskriptlar, shuningdek, aholi tomonidan saqlanadigan va oʻzida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki madaniy qimmatga ega boʻlgan nodir nashrlarni saqlash va elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishVazirlar Mahkamasining qarori2011-yil II chorakda tasdiqlash 2011 — 2015-yillarda amalga oshirish-Idoralararo kengash,Axborot texnologiyalari vazirligi,Milliy kutubxona,“Oʻzarxiv” agentligi,Fanlar akademiyasi,“Mahalla” jamgʻarmasi,mahalliy davlat hokimiyati organlariIV. Integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻini yaratish7.Integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻining ishlashi uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishKompleks chora-tadbirlar rejasi2011-yil II chorakda tasdiqlash 2011 — 2015-yillarda amalga oshirishOʻz va homiylik mablagʻlariAxborot texnologiyalari vazirligi8.Axborot-kutubxona muassasalarining oʻzaro hamkorlik tarmogʻi tizimini yaratishTexnik loyiha2011-yil II chorakda tasdiqlash 2011 — 2015-yillarda amalga oshirishOʻz va homiylik mablagʻlariAxborot texnologiyalari vazirligi9.Yigʻma elektron katalogni shakllantirish uchun axborot-kutubxona muassasalarini integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻiga bosqichma-bosqich ulashUlanish jadvali2011-yil II chorakda tasdiqlash 2011 — 2015-yillarda amalga oshirishOʻz va homiylik mablagʻlariAxborot texnologiyalari vazirligi,Milliy kutubxonaV. Integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish10.Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat madaniyat institutida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-uslubiy materiallar yaratishQoʻshma buyruq2011-yil, III chorakOʻz va homiylik mablagʻlariOliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,Davlat aloqa qoʻmitasi,Milliy kutubxona11.Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi huzurida va axborot-kutubxona markazlarida kutubxona xodimlarini yangi kutubxona texnologiyalari boʻyicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun oʻquv-konsultativ kurslarini tashkil etishChora-tadbir rejasi2011 — 2015-yillarBudjet mablagʻlari,oʻz va homiylik mablagʻlariMilliy kutubxona,Axborot texnologiyalari vazirligi,Moliya vazirligiVI. Axborot-kutubxona aloqalarini faollashtirish12.Xalqaro kutubxona kooperatsiyasini quyidagilar orqali faollashtirish:Kompleks dastur2011-yil II chorakda tasdiqlash doimiy amalga oshirishBudjet mablagʻlari,oʻz va homiylik mablagʻlariMilliy kutubxona,Axborot texnologiyalari vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Xalq taʼlimi vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,Fanlar akademiyasi,Moliya vazirligixalqaro va (respublika) konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar oʻtkazish:xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish;IFLA (Kutubxona uyushmalari va muassasalarining xalqaro konferensiyasi) kabi xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlish;Milliy kutubxonaning eIFL loyihasida ishtirok etishi (toʻliq matnli xorijiy maʼlumotlar bazalaridan foydalanish)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-fevraldagi PQ-1487-son qaroriga2-ILOVA
2011 — 2015-yillarda elektron kutubxonalarni bosqichma-bosqich shakllantirish, axborot-kutubxona muassasalarini jihozlash, elektron axborot-kutubxona resurslari fondini shakllantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning
Chora-tadbirlarOʻlch.bir.2011-yil2012-yil2013-yil2014-yil2015-yil2011 — 2015-yillar uchun jamiI. Elektron kutubxonalar zallarini yaratish1. Milliy kutubxonadona1----12. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidona23333143. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidona912121213584. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazidona30030030030030915095. Xalq taʼlimi vazirligidona28615753282276. Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasidona1————17. Davlat ilmiy-tibbiy kutubxonasidona1————18. Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasidona1————19. Milliy universitet, TATU va ToshDMI axborot-resurs markazlaridona3————3Jami yaratiladigan elektron kutubxonalar zallaridona3463763723683531815-yilII. Raqamli kutubxonalar zallarini jihozlashshaxsiy kompyuterdona102013601320128010586038serverdona3844524444363982114skanerdona4483757147320kesish uskunasidona141066642muqovalash uskunasidona141066642nusxa koʻchirish uskunasidona4278726844304havoni konditsiyalash tizimidona6907547447367063630tarmoq uskunasikomplekt3463763723683531815-yilstol va stullarkomplekt3463763723683531815-yilimkoniyati cheklangan odamlar uchun kompyuter uskunasikomplekt13222221III. Elektron formatda axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish1. Milliy kutubxonaming bir. saq.7.09.011.011.012.050,02. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiming bir. saq.10.020.030.040,050,0150,03. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiming bir. saq.7.09.011.012.011.050,04. Xalq taʼlimi vazirligiming bir. saq.8.09.010.012.011.050,05. Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasiming bir. saq.7.09.011.011.012.050,06. Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat ilmiy-tibbiy kutubxonasiming bir. saq.10.010.010.010.010.050,0Jami yaratiladigan elektron resurslarming bir. saq.49,066,083,096,0106,0400,0IV. Axborot-kutubxona muassasalari uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish4.1. Oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlashKutubxonachi-katalogizatorlarodam146128128128128658Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassislarodam53505050502534.2. Kadrlarni qayta tayyorlashKutubxona xodimlariodam3376796986975362947Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassislarodam33767969869753629474.3. Malakasini oshirishKutubxona xodimlariodam1176715975965192500Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassislarodam1176715975965192500
* Axborot-kutubxona resurslarini elektron formatda shakllantirish boʻyicha ishlarni tashkil etishni muvofiqlashtirish va ularning takrorlanishini bartaraf etish Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash tomonidan amalga oshiriladi.