PQ-2099-son Qaror · 25.12.2013

Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2099
  • Qabul qilingan sana:25.12.2013
  • Kuchga kirgan sana:30.12.2013
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 52

[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2013-yil 14-noyabrdagi 770-II-son va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi SQ-399-II-son qarorlarini bajarish yuzasidan:

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining, Respublika yoʻl jamgʻarmasining, budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasining, Oliy oʻquv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining, Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining 2014-yilgi asosiy parametrlari 3 — 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.

*1 — 6-ilovalar berilmaydi.

2. 2014-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.

Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish, qonun hujjatlariga muvofiq, respublika budjeti mablagʻlarining 2014-yil boshidagi boʻsh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

3. 2014-yil uchun:

qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkalari 20 foiz miqdorida;

yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari 7-ilovaga* muvofiq;

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari 8-ilovaga* muvofiq;

yagona soliq toʻlovi stavkalari 9-1*, 9-2* va 9-3-ilovalarga* muvofiq;

tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 10-ilovaga* muvofiq;

yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 11-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari 12-1* va 12-2-ilovalarda* keltirilgan roʻyxatga muvofiq;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga* muvofiq;

yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga* muvofiq;

imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi stavkalari 15-1* va 15-2-ilovalarga* muvofiq;

ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi stavkalari 16-ilovaga* muvofiq;

yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 17* va 18-ilovalarga* muvofiq;

yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari 19-ilovaga* muvofiq;

yagona yer soligʻi stavkalari 20-ilovaga* muvofiq;

mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 21-ilovaga* muvofiq;

22-ilovaga* muvofiq belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umum-taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar va ajratmalar stavkalari 23-ilovaga* muvofiq;

mablagʻlarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida 24-ilovadagi* normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foiz miqdorida;

fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 6,5 foiz miqdorida tasdiqlansin.

4. Belgilansinki, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda, lekin:

yuridik shaxslar uchun — davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan;

mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun — 25-ilovaga* muvofiq belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.

5. Belgilab qoʻyilsinki, yagona soliq toʻlovidan tushumlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda budjetdan tashqari Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanadi.

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)

7. Qarzni undirishni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari 26-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

8. 2014-yil 1-yanvardan boshlab, mobil aloqa xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov haqi, mablagʻlarni 27-ilovaga* muvofiq taqsimlagan holda, oyiga 600 soʻm miqdorida belgilansin.

9. Belgilab qoʻyilsinki, 2014-yil 1-yanvardan boshlab “Oʻzneftmahsulot” AK neft bazalari tomonidan avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisini ajratilgan limitlarga muvofiq isteʼmolchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish, benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliqni hisobga olgan holda, chakana narxlarda amalga oshiriladi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

davlat ehtiyojlari uchun fermer xoʻjaliklaridan sotib olinadigan paxta xom ashyosi va don uchun 2014-yilgi xarid narxlarini shakllantirishda fermer xoʻjaliklari tomonidan dizel yoqilgʻisining, benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoli uchun soliqni hisobga olgan holda, chakana narxlar boʻyicha sotib olinishini nazarda tutsin;

zarurat boʻlganda, narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliqning joriy qilinishi bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarning fermer xoʻjaliklari tomonidan kompensatsiya qilinishini nazarda tutuvchi Fermer xoʻjaliklari bilan oʻzaro hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda kompensatsiya miqdori fermer xoʻjaliklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlanishini bekor qilish hisobiga shakllanadigan oʻz manbalarini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.

16. Davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar:

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;

yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yogʻiga aksiz soligʻi;

28-ilovaga* muvofiq davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar boʻyicha tushumlar toʻliq hajmda mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkazilsin.

*7 — 28-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

17. 2014-yil uchun:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, respublika budjetidan budjet subvensiyalarining cheklangan miqdorlari 29-ilovaga* muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 30-ilovaga* muvofiq;

respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 31-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) tegishli mahalliy budjetlarga budjetdan subvensiyalar va ssudalar ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlarini birinchi navbatda soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.

19. 2014-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti zaxira jamgʻarmalari miqdorlari 32-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

*29 — 32-ilovalar berilmaydi.

20. 2014-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlov miqdorlari 33-ilovaga* muvofiq belgilansin.

*33-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarori 24-bandining amal qilishi 2015-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarini va Oʻzbekiston Respublikasi davlat maqsadli jamgʻarmalarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:

budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,1 foiz boʻlgani holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari 25890,0 mlrd. soʻm, xarajatlari 26012,0 mlrd. soʻm miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining daromadlari 9700,0 mlrd. soʻm va xarajatlari 9056,7 mlrd. soʻm miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining daromadlari 2148,4 mlrd. soʻm va xarajatlari 1947,7 mlrd. soʻm miqdorida.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining Gʻaznachilik boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2014-yilning yanvar oyida, oʻtkazilgan operatsiyalarni 2013-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2013-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi boʻyicha, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, yakuniy operatsiyalar oʻtkazsinlar.

23. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan fuqarolarning sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan fuqarolarning sugʻurta badallari maʼlumotlarini yakka tartibda hisobga olishni joriy etish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqsin va 2014-yil 1-iyulgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

24. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi har chorakda bajarilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2014-yildagi ijrosini tahlil etish natijalari boʻyicha, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarini belgilangan taqchillik doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsin.

25. Tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va xizmatlar sohasini rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlarida ilgari berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 34-ilovaga muvofiq uzaytirilsin.

26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari 35-ilovaga muvofiq 2014-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 2014-yil 1-yanvardan boshlab 36-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

27. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

28. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2013-yil 25-dekabr,

PQ-2099-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 7-ILOVA

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 8-ILOVA

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi

Izohlar:

1. Soliq solinadigan daromadlar guruhlari boʻyicha soliq solish shkalasi yil boshiga — 2014-yil 1-yanvarga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (96 105 soʻm) kelib chiqib belgilanadi va eng kam ish haqi miqdorining yil davomidagi oʻzgarishiga qarab qayta koʻrib chiqilmaydi.

2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini hisoblab chiqarish maqsadida eng kam ish haqining miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan hisobga olinadi (yil boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi).

3. Belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblangan, budjetga toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan daromadlaridan 1% miqdorida hisoblab chiqariladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 9-1-ILOVA

Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan tashqari) yagona soliq toʻlovi

* Mol-mulkini moliyaviy ijara (lizing)ga beradigan korxonalar uchun — moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizli daromad summasi.

** Haq summasi (yalpi daromad).

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 9-2-ILOVA

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining

Izoh:

Agar chakana savdo korxonalari mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan va turli aholi punktlarida joylashgan, ular boʻyicha yagona soliq toʻlovining turli stavkalari belgilangan bir nechta savdo shoxobchalariga ega boʻlsa, ular har bir savdo shoxobchasi boʻyicha tovar oborotining alohida-alohida hisobini yuritishlari hamda mazkur aholi punktlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlashlari lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 9-3-ILOVA

Ayrim toifadagi korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 10-ILOVA

Yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha olinadigan qatʼiy belgilangan soliq

Izohlar:

1. Qatʼiy belgilangan soliq stavkasi yil boshiga — 2014-yil 1-yanvarga belgilangan eng kam ish haqi (96 105 soʻm) miqdoridan kelib chiqib belgilanadi va eng kam ish haqi miqdorining yil davomidagi oʻzgarishiga qarab qayta koʻrib chiqilmaydi.

2. Taqdim etilgan qatʼiy belgilangan soliq hisob-kitobida hisobga olinmagan fizik koʻrsatkichlar aniqlangan taqdirda bunday holatlarga soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash sifatida qaraladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 11-ILOVA

Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq

* Uy xoʻjaligi, shu jumladan, dehqon xoʻjaligida parvarishlangan tirik hayvonlarni (chorva mollari, parrandalar, moʻynali va boshqa hayvonlar, baliqlar va boshqalar) hamda ularni soʻyib, xom yoki qayta ishlangan koʻrinishdagi mahsulotlarni, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan koʻrinishda (manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlaridan tashqari) sotish bundan mustasno.

Soliq solishdan ozod etish soliq toʻlovchi tomonidan davlat hokimiyatining joylardagi tegishli organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, bogʻdorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkati boshqaruvi tomonidan berilgan, sotilgan mahsulot soliq toʻlovchi tomonidan unga yoxud uning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etish sharti bilan amalga oshiriladi.

Izohlar:

1. Qatʼiy belgilangan soliq stavkalari yil boshiga — 2014-yil 1-yanvariga belgilangan eng kam ish haqidan (96105 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.

2. Jismoniy shaxs:

a) bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullansa, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida soliq toʻlaydi;

b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirsa, yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga ijaraga beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (axborot) taqdim etishi kerak;

v) davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan joyda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, soliqni roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joyda belgilangan stavkalar orasida eng yuqori stavka boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha toʻlaydi.

3. Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyat turlari amalga oshirilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda yillik hajmda tegishli faoliyat turi boʻyicha biryoʻla qatʼiy belgilangan soliqni undiradilar, bundan jismoniy shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyat koʻrsatayotganligi dalili aniqlangan sanadan boshlab oʻttiz kun mobaynida uning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtganligi aniqlangan holatlar mustasno. Bunday jismoniy shaxsga hisoblab yozilgan yillik qatʼiy belgilangan soliq summasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda ushbu davr uchun qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha kelgusidagi soliq majburiyatlari oʻrniga oʻn ikki oy mobaynida toʻlash huquqi taqdim etiladi.

4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qaroriga 8-ilovada koʻrsatilgan soliq solish shkalasining eng kam stavkasi boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 12-1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, aksiz soligʻi solinadigan tovarlarga nisbatan aksiz soligʻi

* Hajmiy ulushda etil spirti 40 foizdan koʻp boʻlgan konyak, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarga aksiz soligʻi stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 53 881 soʻm miqdorida belgilanadi.

Izohlar:

1. Qatʼiy miqdorlarda belgilangan aksiz soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilish hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.

2. “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gaz, qimmatbaho metallar, shuningdek chakana savdo tarmogʻida sotiladigan tilladan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini toʻlovchilar va uni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

3. Paxta tolasining ichki narxlari (realizatsiya boʻyicha xarajatlarni hisobga olgan holda) va uni realizatsiya qilishning haqiqiy narxi oʻrtasidagi ijobiy farq paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamida jamlanadi va 50 foiz miqdorida — paxtachilik fermer xoʻjaliklariga ularning budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi yoxud xizmat koʻrsatish korxonalari oldidagi kreditorlik qarzini ularning budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzini keyinchalik soʻndirgan holda soʻndirish uchun, 25 foiz miqdorida — “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi korxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish jamgʻarmasi kreditlari boʻyicha qarzini soʻndirishga, qolgan qismi esa — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish jamgʻarmasining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 12-2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan aksiz soligʻi solinadigan tovarlarga aksiz soligʻi

Izohlar:

* Bolalar ovqatlarini tayyorlash uchun olib kiriladigan aralashma-komponentlardan tashqari.

** Infuzion eritmalarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan mahsulotlardan tashqari.

*** Ishlab chiqarilganiga ikki yil va undan koʻp vaqt oʻtgan mazkur toifadagi avtomobillarga ishlab chiqarilgan vaqtidan boshlab uch yildan yetti yilgacha foydalanishda boʻlgan avtomobillar uchun belgilangan stavkalar qoʻllaniladi.

**** Rossiya Federatsiyasi va Ukrainada ishlab chiqariladigan va olib kelinadigan yangi transport vositalaridan tashqari.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 13-ILOVA

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 14-ILOVA

Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq

* Belgilangan stavka boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi belgilagan tartibda utilizatsiya qilingan tabiiy gazni realizatsiya qiladigan korxona tomonidan toʻlanadi.

** “Navoiy KMK” DK uranni kavlab olganlik boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda va miqdorda toʻlaydi.

*** Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq mahsulotning realizatsiya qilingan hajmi boʻyicha belgilangan stavkalarda toʻlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 15-1-ILOVA

Imzolanadigan bonus

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 15-2-ILOVA

Tijorat topilmasi bonusi

Izoh:

Tijorat topilmasi bonusining summasi yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning yillik summasidan oshgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat topilmasi bonusini 3 yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash koʻrinishidagi imkoniyat berilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 16-ILOVA

Ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi

* Qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar soliq toʻlangandan soʻng qoʻshimcha foydaning ular ixtiyorida qoladigan qismini toʻliq hajmda maxsus ochiladigan investitsiya hisobvaraqlariga oʻtkazadilar. Koʻrsatilgan investitsiya hisobvaraqlaridan mablagʻlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda amalga oshirish uchun maʼqullangan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb etilgan kreditlarga xizmat koʻrsatish, shuningdek asosiy ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlashga sarflanadi.

** Oq sement, shuningdek muqobil yoqilgʻi — koʻmir asosida ishlab chiqarilgan sement va klinkerdan tashqari.

Izohlar:

1. Qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

2. Tabiiy gaz boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar boʻlib tabiiy gazni eksportga realizatsiya qiladigan, qonun hujjatlariga muvofiq ularda soliq solish obyekti yuzaga keladigan yuridik shaxslar (mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim doirasida faoliyatni amalga oshiradigan operatorlar va investorlar bundan mustasno) hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 17-ILOVA

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

* Belgilangan (meʼyoriy) muddatlarda tugallanmagan qurilish va ishga tushirilmagan uskunalar qiymatiga pasaytirilgan stavkalar qoʻllanilmaydi.

Izoh:

Meʼyoriy muddatlarda oʻrnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk soligʻi ikki baravar stavkada toʻlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 18-ILOVA

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

Izohlar:

1. Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash boʻyicha organlar tomonidan belgilangan inventarizatsiya qiymati boʻlmasa, soliq undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 18 480,0 ming soʻm, boshqa shaharlar va qishloq joylarda — 8 030,0 ming soʻm miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.

Koʻchmas mol-mulkka huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan yangi qurilgan turar joylar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulk shartli qiymatining ikki baravari miqdoridan kelib chiqib undiriladi.

2. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash maqsadida soliq solinmaydigan maydon umumiy maydonning 60 kv.m hajmida belgilanadi.

3. Jismoniy shaxslar tomonidan soliq solinadigan obyektlardan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda yoxud ularni yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan turar joy fondi obyektlari noturar joy fond toifasiga oʻtkazilganda yoki ular tomonidan noturar joy fondi obyektlari (binolar, binodagi xonalar) mulk sifatida xarid qilinganda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka boʻyicha toʻlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 19-ILOVA

Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari

Izoh.

Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun undiriladigan yer soligʻi stavkasi sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻining bazaviy stavkasi va yer uchastkasining sifat xarakteristikasi (ball-boniteti)ni hisobga oladigan tuzatish koeffitsiyentlaridan kelib chiqib aniqlanadi.

1. 7 va 8-jadvallarda keltirilgan stavkalarga yer uchastkalarining joylashish joyiga bogʻliq holda quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi: Toshkent shahri atrofida 20 km lik aylanada — 1,30, Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti va viloyat markazlari atrofida 15 km lik aylanada — 1,20, tuman markazlari atrofida 10 km lik aylanada — 1,15, boshqa shaharlar atrofida 5 km lik aylanada — 1,10.

Yer uchastkalarigacha boʻlgan masofa avtomobil yoʻllari boʻyicha shaharlar va tuman markazlarining maʼmuriy chegaralaridan boshlab belgilanadi. Agar yer uchastkasi ikki shahar yaqinida joylashgan boʻlsa, shaharning yuqoriroq funksional vazifasiga muvofiq keladigan koeffitsiyent qoʻllaniladi.

2. Dehqon xoʻjaliklaridan undiriladigan yer soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida 8-jadvalda keltirilgan stavkalarga, yer sifatiga bogʻliq holda, quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi: tuproq boniteti 40 ballgacha boʻlsa — 0,75, 41 dan 70 ballgacha boʻlsa — 1,0 va 70 balldan ortiq boʻlsa — 1,25.

3. Oʻrmon xoʻjaliklarida mollarni oʻtlatish uchun foydalanilmaydigan yaylov yerlar uchun yer soligʻi boshqa yerlar uchun stavkalar boʻyicha toʻlanadi.

4. Shahar va qoʻrgʻonlarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan kon va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq 5 va 6-jadvallarda tegishli zonalar uchun keltirilgan stavkalarga 0,1 koeffitsiyentini qoʻllagan holda toʻlanadi.

5. Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalaridan soliq yuridik shaxslar uchun tasdiqlangan stavkalar boʻyicha undiriladi.

6. Jamoaviy va shaxsiy garajlar band etgan yer uchastkalari uchun jismoniy shaxslardan soliq yakka tartibdagi uy-joy quriladigan yerlar uchun tasdiqlangan stavkalar boʻyicha undiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 20-ILOVA

Yagona yer soligʻi

* Bunda jamoat imoratlari va hovlilari bilan band boʻlgan yerlar 2,0 koeffitsiyentini qoʻllagan holda baholanadi.

Izohlar:

1. Har bir xoʻjalik boʻyicha qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.

2. Belgilangan mezonlarga muvofiq yagona yer soligʻi toʻlovchilariga kiritiladigan baliqchilik xoʻjaliklari sugʻoriladigan yerlarning tuman boʻyicha oʻrtacha normativ qiymatidan kelib chiqib, yagona yer soligʻini toʻlaydilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 21-ILOVA

Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning

* Koʻrsatib oʻtilgan stavkalar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi.

** Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari orqali benzin va dizel yoqilgʻisi sotishda transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmoli uchun undiriladigan soliq 1 litr hisobidan kelib chiqib hisoblanadi, boshqa hollarda 1 tonna hisobidan kelib chiqib hisoblanadi.

*** Yigʻim mablagʻlarni kelgusida budjet hamda shahar va tuman hokimliklarining budjetdan tashqari (maxsus) hisobvaraqlari oʻrtasida taqsimlash bilan yagona hisobvaraqqa, Toshkent shahrida esa — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda Savdo, xizmatlar sohasi va xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish departamentining hisob raqamiga kelib tushadi.

**** Toshkent shahrida yigʻim miqdori eng kam ish haqining 5 baravari, viloyat markazlarida — eng kam ish haqining 3 baravari, boshqa aholi punktlarida — eng kam ish haqining 2 baravari miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 22-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiy muassasalarni rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar solish

Izoh.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlari bilan oldin berilgan imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarga tatbiq etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 23-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar va ajratmalar

Izohlar.

* Yigʻim miqdori:

oʻrindiqlar soni 40 tagacha boʻlgan avtobuslar va yuk ortish hajmi 20 tonnagacha boʻlgan yuk avtotransport vositalari boʻyicha — xarid qiymatining 20 foizidan;

Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Ukrainada ishlab chiqarilgan, ixtisoslashtirilgan savdo tarmogʻida xarid qilinadigan yangi avtotransport vositalari boʻyicha — xarid qiymatining 3 foizidan;

qolgan avtotransport vositalari boʻyicha — xarid qiymatining 6 foizidan kam boʻlmasligi kerak.

1. Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab xorijiy davlatlarning ogʻir yuk tashuvchi va yirik gabaritli transport vositalari oʻtganligi uchun mazkur ilovada nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha yigʻim toʻlanishi bilan bir vaqtda qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarori bilan belgilangan miqdorlarda toʻlov undiriladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasi bilan Davlat chegarasini kesib oʻtadigan xorijiy yuk avtotransport vositalari va avtobuslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va tranzit oʻtishi uchun mazkur ilovada nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha yigʻim toʻlanishi bilan birga qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qarori bilan belgilangan miqdorlarda yigʻimlar ham undiriladi.

3. Gumanitar yuklarni olib oʻtishda avtotransport vositalarining olib kirilishi va tranzitida undiriladigan yigʻimlar stavkasiga nisbatan 0,5 kamayuvchi koeffitsiyenti qoʻllaniladi.

4. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 24-ILOVA

Yagona ijtimoiy toʻlov

* Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari.

Yuridik shaxslarning mehnatga haq toʻlash fondidan yagona ijtimoiy toʻlov belgilangan tartibga muvofiq davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 25-ILOVA

Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam

Izoh.

Mazkur stavkalar jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 26-ILOVA

Soliq toʻlovchilarning mol-mulkidan undirishga qaratiladigan soliqqa oid qarzlarning

Izoh.

Soliq toʻlovchilarning mol-mulkidan undirishga qaratiladigan soliqqa oid qarzlarning eng kam miqdorlari yil boshida — 2014-yil 1-yanvar holatiga koʻra belgilangan eng kam ish haqidan (96 105 soʻm) kelib chiqib oʻrnatiladi hamda yil davomida eng kam ish haqi miqdori oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 27-ILOVA

Uyali aloqa xizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlovni taqsimlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 28-ILOVA

Mahalliy budjetlarga hisoblab oʻtkaziladigan davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar

Izoh.

Mahalliy budjet bilan vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari oʻrtasida davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalardan tushumlarning taqsimlanishi belgilangan tartibda saqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga 33-ILOVA

2014-yilgi davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalanadigan maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni saqlash uchun ota-onalar toʻlaydigan toʻlov

* Bitta oiladan bir nafardan ortiq, shu jumladan, turli yosh guruhlaridagi bolalar maktabgacha taʼlim muassasasiga qatnaganda har bir bolaga ota-onalar toʻlaydigan toʻlov miqdori yosh guruhiga qarab belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga 34-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining imtiyozlar berilgan va ularning amal qilish muddati uzaytirilayotgan qarorlari

1. Amal qilish muddati 2016-yil 1-yanvargacha uzaytirilgan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047-son qarori 8-bandining ikkinchi xatboshi.

(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)

2. Amal qilish muddati 2017-yil 1-yanvargacha uzaytirilgan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 3-avgustdagi PQ-433-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qarori 8-bandining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi “JV MAN Auto — Uzbekistan” MCHJ korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 7-avgustdagi 224-son qarori 4-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.

3. Amal qilish muddati 2019-yil 1-yanvargacha uzaytirilgan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy shahri aeroporti bazasida xalqaro intermodal logistika markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 31-dekabrdagi PP-1027-son qarorining 3 va 4-bandlari.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga35-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2014-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 2-ilovaning IV bandi.

2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyalari aʼzolarining gonorarlari, doktorantlar va aspirantlarning stipendiyalari miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 1994-yil 1-dekabrdagi 578-son qaroriga ilovaning 2, 5 va 6-bandlari.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga36-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2014-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi PQ–748-son qarori 8-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “mazkur loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbaidan undiriladigan foyda soligʻini toʻlashdan” soʻzlari “koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan 2008-yil 1-yanvardan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 21-apreldagi PQ–842-son qarorining 8-bandida:

birinchi xatboshidagi “2014-yil 1-yanvargacha” soʻzlari “2017-yil 1-yanvargacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy shahri aeroporti bazasida xalqaro intermodal logistika markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 31-dekabrdagi PP-1027-son qarorida:

3-bandning birinchi xatboshidagi “2014-yil 1-yanvargacha” soʻzlari “2019-yil 1-yanvargacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;

4-bandning birinchi xatboshidagi “2014-yil 1-yanvargacha” soʻzlari “2019-yil 1-yanvargacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi 4-1-band qoʻshilsin:

“4-1. Navoiy shahri aeroporti 2015-yil 1-yanvargacha mol-mulk soligʻi, yer soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin”.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimning 100 foizi”.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 26-yanvardagi PQ–1047-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“8. Asosiy faoliyat turi boʻyicha goʻsht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashayotgan mikrofirmalar hamda kichik korxonalarga 2016-yil 1-yanvargacha yagona soliq toʻlovi stavkasini 50 foizga kamaytirish shaklida soliq imtiyozi berilsin, boʻshaydigan mablagʻlar ishlab chiqarish korxonalarini texnikaviy qayta jihozlash va modernizatsiyalashga, shu jumladan, yangi laboratoriyalar barpo etish va mavjudlarini jihozlashga, yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga, shuningdek xom ashyo bazasini rivojlantirishga maqsadli tarzda yoʻnaltirilsin”;

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)

(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3303-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son qaroriga 30-ilovada:

a) ilovaning nomidan “va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) II boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

v) havola chiqarib tashlansin;

g) izoh quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Ota-onalar toʻlovidan tushumlar uzaytirilgan kun guruhlarining tarbiyachilari mehnatiga haq toʻlash va tarbiyalanuvchilarning bir martalik ovqatlanishini tashkil etish xarajatlariga maqsadli tartibda yoʻnaltiriladi”.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash” loyihasini amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 3-sentabrdagi PP-1813-son qarorida:

a) 2-bandda:

uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:

“Belgilansinki, asosiy qarzni qaytarish, foizlar, vositachilik haqlari toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar va qarz boʻyicha boshqa xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;

b) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013-yil dasturi toʻgʻrisida” 2013-yil 4-yanvardagi PQ–1902-son qarori 11-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Qishloq qurilish bank” OATBning ustav kapitalini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2013-yilda respublika budjeti daromadlari prognozi oshirib bajarilganidan olingan mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ulushini oshirish hisobiga 88,0 mlrd. soʻm miqdorida koʻpaytirish toʻgʻrisidagi”.

15. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 9-bandidagi “va yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni” soʻzlari “yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni va yuridik shaxs boʻlmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin”.

16. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchilarning indentifikatsiya raqamlarini berish va qoʻllash tizimi toʻgʻrisidagi Nizom 4-bandining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.

17. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 278-son qarori bilan tasdiqlangan binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:

“Xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki boʻlgan binolar va inshootlar sotilgan taqdirda binolar va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish faqat binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etilganda amalga oshiriladi, binolar va inshootlar Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxsga sotilishi hollari bundan mustasno”.

18. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom 9-bandining oʻn oltinchi xatboshidagi “0,07 foiz” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan” soʻzlari bilan almashtirilsin.

19. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-apreldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlash tartibining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“7. Ushbu Tartibning 4-bandida koʻrsatilgan normalar doirasidagi kompensatsiyaga soliq solinmaydi va oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqishda hisobga olinmaydi”.

20. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 204-son qarorida:

a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“qiymati boj toʻlovisiz olib kirishning cheklangan normalaridan ortiq boʻlmagan jismoniy shaxs tovarlarini bojxonada rasmiylashtirishda”;

b) ilovaning 26-bandida “Yigʻimlar stavkasi” ustunidagi “20 yevroga teng miqdorda” soʻzlari “10 yevroga teng miqdorda” soʻzlari bilan almashtirilsin.

(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)

23. Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni yogʻoch-taxta materiallari bilan toʻldirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 58-modda) ilovada:

ilovaning nomidagi “yogʻoch-taxta va arralangan binokorlik materiallari” soʻzlari “yogʻoch-taxta materiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

2 va 5-satrlar chiqarib tashlansin.

(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)

25. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmati toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomning 17-bandida:

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qoʻshilsin:

“Bunda Kompaniyaning rahbarlari, xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar va tarif koeffitsiyentlari Kompaniyaga xodimlarni davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ikki oylik maosh miqdorida mukofotlash va ularga bir oylik maosh miqdorida moddiy yordam berish huquqi berilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga muvofiq belgilanadi.

Zarurat boʻlganda Kompaniyaning rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tarif razryadlariga oshirilgan koeffitsiyentlar belgilanishi mumkin”;

ikkinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.

(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

27. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 6-bandda:

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;

b) 21-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

v) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“27. Maslahat berganligi uchun vrachlarning soatbay mehnat haqi ular tarif stavkasining 1 foizi miqdorida belgilanadi”.

28. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 27-avgustdagi 196-son qaroriga 2-ilovada:

3-satr quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

3‎ Irrigatsiya-drenaj ‎tarmoqlarini ‎rekonstruksiya qilish‎ 26.610,87‎ 39‎ 26.610,87‎ 100%‎ 0,00‎ 0%‎ Xizmat koʻrsatish ‎Davlat budjeti mablagʻlari ‎hisobidan amalga oshiriladi‎

“Hammasi” satri quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

‎ Hammasi‎ 67.960,00‎ 100‎ 31.295,40‎ 46%‎ 36.664,60‎ 54%‎ ‎

29. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi 216-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxs boʻlmasdan oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi mazmundagi 81-band qoʻshilsin:

“8-1. Oilaviy tadbirkorlik subyekti yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan roʻyxat boʻyicha faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.

Oilaviy tadbirkorlik subyekti tomonidan bir nechta alohida obyektlarda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda qatʼiy belgilangan soliq har bir alohida obyekt uchun toʻlanadi”.

30. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar jalb etilgan “JV MAN Auto — Uzbekistan” masʼuliyati cheklangan jamiyat korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 7-avgustdagi 224-son qarorining 4-bandida:

birinchi xatboshidagi “5 yil muddatga” soʻzlari “2017-yil 1-yanvargacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

31. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 34-bandining birinchi xatboshidagi “Jamgʻarma xodimlari” soʻzlari “Jamgʻarma va Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi xodimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

32. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 12-dekabrdagi 350-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “120” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 84-modda).

33. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi mazmundagi 44-1-band qoʻshilsin:

“44-1. Bolali oilalarga nafaqa, bolani parvarish qilish nafaqasi va moddiy yordam toʻlash boʻyicha Xalq banki boʻlinmalari (filiallari) xizmatlariga haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Xalq banki oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Bolali oilalarga nafaqa, bolani parvarish qilish nafaqasi va moddiy yordam toʻlash boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash miqdori kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam toʻlash uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida Xalq banki tomonidan taqdim etiladigan asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi”

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.